Baxromov Muhammadyusuf — Osiyo chempioni!
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 9-turida Muhammadyusuf Vladimir Karayev ustidan g‘alaba qozonib, jami 8 ochko jamg‘ardi va o‘z yosh toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Yosh shaxmatchimizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Post #4766
3.53K

- 👍 34
- 🎉 14
- 🔥 11
- ❤ 8
- 👏 1