🇦🇷 Lionel Messi nufuzli mukofotni qabul qilish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi
AQShning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi kelasi hafta jamoasi qarorgohini vaqtincha tark etib, Ispaniyaga safar qiladi. Argentinalik futbolchi 2026-yilgi Asturiya malikasi mukofotining sport yo‘nalishi bo‘yicha laureati sifatida taqdirlanadi.
ESPN xabariga ko‘ra, ushbu mukofot Messiga iyun oyida berilishi e’lon qilingan. Hakamlar hay’ati futbolchining sportdagi ulkan yutuqlari bilan bir qatorda, uning xayriya faoliyatini ham yuqori baholagan.
Xususan, Messi tomonidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan bolalarning ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etilgan.
Taqdirlash marosimi 22-oktabr, payshanba kuni Ispaniyaning Ovyedo shahrida bo‘lib o‘tadi.
24-oktabr kuni «Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida safarda «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi maydonga tushadi. Klub murabbiylar shtabi Messi ushbu uchrashuvgacha jamoa safiga qaytib, bahsda ishtirok etishini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Asturiya malikasi mukofoti adabiyot, ijtimoiy fanlar, ilmiy-texnik tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik va sport kabi yo‘nalishlarda katta yutuqlarga erishgan shaxslar hamda tashkilotlarga topshiriladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6441
1.31K

- ⚡ 3
- 🔥 3
- ❤ 1
- 👍 1
- 💯 1