Devid Bekxem 🌍FIFA prezidenti bo‘lishi mumkin
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, «Inter Mayami» klubi hammuallifi Devid Bekxem FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biriga aylanishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, UEFA, KONKAKAF va Germaniya futbol ittifoqi (DFB) FIFAning amaldagi rahbari Janni Infantinoni lavozimidan chetlatish maqsadida o‘zaro ittifoq tuzishni rejalashtirmoqda.
51 yoshli Bekxem tashkilot rahbarligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Uning xalqaro miqyosdagi nufuzi, futbol olamidagi aloqalari hamda AQSHda sport loyihalarini rivojlantirish borasidagi tajribasi muhim ustunlik sifatida baholanmoqda.
Hozircha Bekxemning FIFA prezidentligi uchun kurashga qo‘shilishi rasman tasdiqlanmagan.
Janni Infantino 2016-yil fevralidan buyon FIFAga rahbarlik qilib kelmoqda.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6447
1.42K

- ❤ 6
- 👎 3
- 👏 3