TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.39K subscribers
Post #6445 1.47K
Antonio Konte 🇬🇧 «Manchester Yunayted»ni boshqarishga tayyor

Italiyalik taniqli mutaxassis Antonio Konte Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi lavozimini egallashga qiziqish bildirmoqda.

57 yoshli murabbiyning vakillari «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan aloqalarni qayta tiklab, mutaxassisning jamoani boshqarishga tayyor ekanini bildirgan.

Manbaga ko‘ra, Konte «Old Trafford»da faoliyatini darhol boshlashga rozi. Italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida «Napoli»ni tark etganidan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmayapti.

Avvalroq Konte yangi jamoani mavsum boshidan qabul qilib, yozgi tayyorgarlik jarayonini o‘zi boshqarishni afzal ko‘rgan. Biroq endilikda u tarixga boy va avvalgi mavqeyini tiklashga intilayotgan klubni mavsum o‘rtasida ham qabul qilishga tayyor.

Xabarda qayd etilishicha, Konte «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga tayinlansa, yanvar oyidagi transfer oynasida tarkibni kamida uch nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirishni talab qiladi.

«Manchester Yunayted» joriy mavsum Angliya Premyer-ligasining dastlabki olti uchrashuvida olti ochko jamg‘argan. Shuningdek, jamoa Angliya Liga kubogida «Brayton»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan. Chempionlar ligasida esa «Atletiko»ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konte 2026-yil yozida ham «Manchester Yunayted»ni boshqarishga qiziqish bildirgan. Biroq o‘sha vaqtda klub rahbariyati Maykl Kerrikka ishonch bildirishda davom etgan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 💯 4
  • 👎 3
  • 🤔 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @uzasport
  1. Oct 17, 2026Holandning dubli «Manchester Siti»ga uch ochko keltirdi (GOLLAR VIDEOSI) Angliya Premyer-l…
  2. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🔵«Buxoro» kambek qayd etdi, 🟡«Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi Futbo…
  3. Oct 17, 2026Shavkat Mirziyoyev 🌏OFK prezidentini qabul qildi 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi…
  4. Oct 17, 2026Chempionning zafarli qaytishi: Diyora Keldiyorova yana shohsupada 🥇 O‘zbekistonlik taniql…
  5. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga 24-turining markaziy uchrashuvi asosiy tarkiblari e'lon qilindi. Superliga…
  6. Oct 17, 2026Abduqodir Husanov 🇬🇧«Manchester Siti»ning 🇬🇧«Ipsvich»ga qarshi o'yinini zaxiradan bosh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →