TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.41K subscribers
Post #6444 789
⚽️ Superliga: bugun 24-tur yakunlanadi. Namanganda «Navbahor» va «Paxtakor» to‘qnash keladi

Bugun, 17-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida tashkil etiladigan bahslarda turnir jadvalining yuqori pog‘onalarida borayotgan jamoalar maydonga tushadi.

🔴«Lokomotiv» – «Nasaf» 🔵| 18:00

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qiladi.

Uchrashuv oldidan «Lokomotiv» 23 ta o‘yinda 38 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda. «Nasaf» esa shuncha uchrashuvdan so‘ng 37 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoalar o‘rtasidagi farq atigi bir ochkoni tashkil etadi. Shu bois mazkur uchrashuv natijasi ularning turnir jadvalidagi o‘rinlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔵«Dinamo» – «Buxoro» 🔵| 19:00

Samarqandning «Dinamo» klubi 24-tur doirasida «Buxoro»ga qarshi maydonga tushadi.

Samarqandliklar 23 ta uchrashuvda 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 10-pog‘onasida joylashgan. «Buxoro» hisobida esa 37 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 6-o‘rinni egallab turibdi.

Mezbonlar navbatdagi uch ochko orqali turnir jadvalidagi mavqeyini yaxshilashga intilsa, «Buxoro» yuqori pog‘onalardagi jamoalar bilan oradagi farqni qisqartirish imkoniyatiga ega.

🔵«Navbahor» – «Paxtakor» 🟡| 19:00

Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Namangandagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat futbolining yetakchi klublari — «Navbahor» va «Paxtakor» o‘zaro kuch sinashadi.

Uchrashuv oldidan «Paxtakor» 23 ta o‘yinda 52 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda, «Navbahor» esa 45 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. Jamoalar o‘rtasidagi farq yetti ochkoni tashkil etadi.

Birinchi davrada Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda «Navbahor» «Paxtakor»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha bahsda namanganliklar safidan Katulondi Kati va Ruslanbek Jiyanov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Jamoalar mazkur uchrashuvga turlicha natijalar bilan yetib kelmoqda. «Navbahor» 23-turda Olmaliqda OKMKga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi. «Paxtakor» esa so‘nggi chempionat uchrashuvida «Bunyodkor»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Namanganliklar uchun bugungi bahs turnir jadvalining yuqori pog‘onalaridagi mavqeyini mustahkamlash va ikkinchi o‘rindagi raqibi bilan ochkolar farqini qisqartirish imkoniyatini taqdim etadi. «Paxtakor» esa g‘alaba qozongan taqdirda, «Navbahor» bilan oradagi farqni o‘n ochkoga yetkazish va chempionlik yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv jamoalarning milliy chempionat doirasidagi 72-o‘zaro to‘qnashuvi sifatida qayd etiladi. Bahsni FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqaradi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👌 1
  • 💯 1
  • 🏆 1
More from @uzasport
  1. Oct 17, 2026Antonio Konte 🇬🇧 «Manchester Yunayted»ni boshqarishga tayyor Italiyalik taniqli mutaxass…
  2. Oct 17, 2026🇬🇧 «Chelsi» Ris Jeymsning jarohati sababli yangi himoyachi sotib olmoqchi Londonning «Ch…
  3. Oct 17, 2026Stiven Jerrard Angliya futboliga murabbiy sifatida qaytishi mumkin Angliyaning «Liverpul»…
  4. Oct 17, 2026🇦🇷 Lionel Messi nufuzli mukofotni qabul qilish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi AQShning «Int…
  5. Oct 17, 2026Alisher Usmonov 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «Everton»ga qaytib, klubga yirik sarmoya kiritishi mumkin T…
  6. Oct 17, 2026🌏 OFKning yil yakunlari bo‘yicha mukofotlariga nomzodlar e’lon qilindi 19-noyabr kuni Ban…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →