TGViewer
Channel Public Channel
Usmonip

Usmonip

@usmonosphere

🥂 Shoir, tarjimon, kolumnist va hokazo

📬 Aloqa: @munshaotbot
Subscribers
1.56K
Photos
3K
Videos
149
Links
1.4K
Recent Posts 19 shown
Post #7506 415
Avvalo, bayram muborak! Lekin bir savol bor. Bugun birinchi oktyabrmi yoki birinchi oktabrmi? Oʻtgan oy sentyabrmidi yoki sentabr?

Nega hamma senTYAbr, okTYAbr deb talaffuz qilmaydigan soʻzlarni imlo qoidalariga koʻra senTAbr, okTAbr deb yozish kerak oʻzi?

Axir oʻzbek tilida talaffuz bilan yozuv maksimum bir-biriga mos boʻlishi kerak. Qaysi tovushni talaffuz qilsangiz, oʻsha tovush yozuvda harf koʻrinishida aks etishi kerak.

Lekin nega oktabr?

@usmonosphere
  • ❤ 9
  • 💯 5
Post #7505 527
Hamid Ismoilovning nomzodi Nobelga qoʻyildimi?

Bir-ikki kundan beri tarmoqlarda “Hamid Ismoilov Nobel mukofotiga da’vogarlar roʻyxatiga kiribdi” qabilidagi postlar koʻpayib qoldi. Bu albatta yaxshi xabar, lekin rostmi-yoʻqligini hech kim bilmaydi.

Chunki Nobel mukofotiga nomzodlar doim sir tutiladi. Oradan 50 yil oʻtibgina nomzodlarning umumiy roʻyxati bilan tanishish mumkin.

Ya’ni hozir Ismoilov Nobelga da’vogarligi haqida aniq ma’lumot yoʻq. Bular adabiyot muxlislari va jurnalistlarning prognozlari xolos. Hamid Ismoilov esa oxirgi yillatda bunaqa taxminiy roʻyxatlardan tushmay kelyapti.

Sababi, uning Nobelgacha bosib oʻtgan yoʻli, asarlari va mukofotlari yetarlicha. Masalan, EBRD adabiy mukofotining eng birinchi gʻolibi, 2025-yilgi Milliy kitob mukofoti finalisti va hokazo.

Shu sababdan ham, Ismoilovni tahlilchilar Nobelga nomzod sifatida koʻrishadi. Mening ham taxminim, agar yaqin yillarda biror oʻzbek adibi mukofot olsa, demak u aniq Hamid aka Ismoilov boʻladi. Ammo… u mukofotni Oʻzbekiston nomidan qabul qilmasa kerak :)

@usmonosphere
  • 😢 7
  • ❤ 1
Post #7502 475
Sitora Barliboyeva Bugun tilimizga befarq bo‘lmagan yoshlarimizga pul mukofotlarini topshirdik. Ularning har biri bir oyda 20-50 tacha imloviy, uslubiy xatoliklar haqida @softil_bot ga xabar berishgan. O‘zbek tilining sofligiga har birimiz kichik amallarimiz bilan ham hissa…
Sizlar ham Sof Til botidan foydalanib, jamiyatga va choʻntakka foyda keltiringlar :)

@usmonosphere
  • ❤ 6
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
Post #7500 477

Forwarded from Sitora Barliboyeva

Bugun tilimizga befarq bo‘lmagan yoshlarimizga pul mukofotlarini topshirdik.

Ularning har biri bir oyda 20-50 tacha imloviy, uslubiy xatoliklar haqida @softil_bot ga xabar berishgan.

O‘zbek tilining sofligiga har birimiz kichik amallarimiz bilan ham hissa qo‘shishimiz mumkin.

@SitoraBarliboyeva
Post #7499 503
Oxirgi oylarda bir-ikkita badiiy-publitsistik maqolalardan toʻplangan kitoblar mutolaasiga tutindim. Ularda oʻzgacha zavq va shukuh bor ekan. Bugun men ham ermakda yigʻib chiqdim, turli nashrlarda chop etilgan maqola, suhbat va taqrizlarimni yigʻsa, anchagina boʻlib qolarkan.

Eng koʻp qadrdon nashrim — oyina.uz’da chop etilgan ekan. Masalan, Telegram sahifamdagi uzuq-yuluq postlardan koʻra, tizimli mehnat va izlanish talab qilgan, muharrir nazaridan oʻtib, oʻquvchilar bahosiga sazovor boʻlgan bitiklarning umri uzoq boʻladi, deb oʻylayman.

Imkon qadar koʻproq badiiy-publitsistik maqolalar yozish fikri tugʻildi. Yozay desa bir olam mavzu bor…

@usmonosphere
  • ❤ 6
Post #7498 591

Forwarded from Kitob House | Kitoblar do‘koni

#vakansiya

Doʻkonimizga sovgʻa va kanstovarlarni estetik videoga olib, ovozlashtirishga qiz bola kerak.

Ish grafigi erkin asosan yangiliklar kelganda reja bn ishlaymiz. Maosh ish hajmidan hisoblanadi. Oʻzida qiziqish boʻlsa boshqa yoʻnalishlarda ham ishlashimiz mumkin.

Murojaat uchun: @kitobhouse_admin

Oldin qilgan ishlaringizdan yuborsangiz yanada yaxshi)
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Post #7496 773
Yaxshi, ana. Oʻzimizda ham sekin-sekin ijodiy rezidensiya formatiga yaqin tadbirlar qilinyapti.

Oktyabr oyi davomida har dam olish kunlari yozuvchilik ishiga chuqurroq kiramiz endi :)

P.S. Lekin xat avval ruschada yozilib, keyin oʻzbekchaga “Tilmoch” qilingan shekilli.

@usmonosphere
  • 😁 13
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 💯 1
Post #7495 754
Xushnudbek.uz Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi) Raskin Bond. Deoli bekatida Izoh: Yetishishdan koʻra, sogʻinishni afzal koʻradi baʼzida inson... Tanlov oʻz qoʻlimizda boʻlmaganligi uchunmi bu va yoki harakat qilishdan qochishmi?!…
Hozirgina koʻrib qoldim, Xushnudbek kanalida men tarjima qilgan hikoyani audio shaklida ulashgan ekan.

Shu bahona sizlar ham eshitib yoki oʻqib koʻringlar :)

@usmonosphere
  • ❤ 8
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #7494 753

Forwarded from Xushnudbek.uz

Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Raskin Bond. Deoli bekatida

Izoh
: Yetishishdan koʻra, sogʻinishni afzal koʻradi baʼzida inson...
Tanlov oʻz qoʻlimizda boʻlmaganligi uchunmi bu va yoki harakat qilishdan qochishmi?! Biroz boʻlsada oldinga intiling, balki baxt va sizning orangizdagi masofa atigi bir qadamdir...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/raskin-bond-deoli-bekatida

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/XFgDxdB4P94

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
  • ❤ 3
Post #7493 794
Post #7492 977
Inglizchada shunchaki “stay with me” deyishadi. Mana, oʻzbek tilidan mahorat darsi:

Seni xayollarga toldirsam deyman,
Ko‘nglingni ko‘nglimga oldirsam, deyman,
Oyoq kiyimingni yashirib qo‘yib,
Huzurimda ko‘proq qoldirsam, deyman.

Shukur Qurbon


Ee, bolajonlar, “bo-ll o’ voa” bilan maqtanib yuribsila-de :)

@usmonosphere
  • 🤣 22
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 5
  • 👍 1
Post #7491 826
Inglizchada shunchaki “no one is eternal” deyishadi. Oʻzbekchadan oʻrganishsin:

Nafsing uchun tavba de, vohkim soʻra magʻfirat,
Dunyo manim deganlar mozorlarning ichinda.


Yuribsila-de, “Londn iz di keptl of Grit Britn” deb :)

@usmonosphere
  • 😁 16
  • ❤ 13
  • 🐳 2
Post #7490 1.09K
Inglizchada shunchaki “you are hot” deyishadi. Oʻzbekchaning goʻzalligini qarang:

Lovullaydi badaning koʻylaklaring kuymasmu?
Koʻylaklaringda kulgan chechaklaring kuymasmu?
Badaningda balqigan yuraklaring kuymasmu?
Lovullaydi badaning koʻylaklaring kuymasmu?


Yuribsizlar-da inglish-inglish deb :)

@usmonosphere
  • 😁 30
  • ❤ 14
  • 🔥 1
Post #7489 1.01K
Menga tobe boʻlishingni xohlamayman. Erkin boʻlishingni va baribir yonimda qolishni tanlashingni xohlayman.

Mahmud Darvish, shoir

@usmonosphere
  • ❤‍🔥 27
  • ❤ 9
  • 👍 3
  • 💯 2
Older posts →

About this channel

How can I read @usmonosphere without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Usmonip: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Usmonip have?
Usmonip (@usmonosphere) has 1.56K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Usmonip know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →