TGViewer
Channel Public Channel
Usmonip

Usmonip

@usmonosphere

🥂 Shoir, tarjimon, kolumnist va hokazo

📬 Aloqa: @munshaotbot
Subscribers
1.56K
Photos
3K
Videos
149
Links
1.4K

Showing posts older than #7480 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #7470 780
#galereya

Turkiyalik ijodkor Uğur Gallenkuş bir-biriga zid tasvirlardan iborat ta’sirli kollajlar yaratadi. Ularda parallel olamlar, tinchlik va urush, baxt va kulfat kabi kontrastlarni koʻrasiz.

Odatdagi komfort hayot uning ishlarida ogʻriq va qiyinchilik bilan yonma-yon kelib, bir sayyorada turib ham odamlar boshqa-boshqa hayot tarzini boshdan kechirishlari mumkinligini eslatadi.

@usmonosphere
  • 😢 10
  • ❤ 8
Post #7469 912
Sevgi deb yozdim-u, uyogʻi hech narsa yoza olmadim…

Osamu Dazai
“Botayotgan quyosh”

@usmonosphere
  • ❤‍🔥 15
  • 💔 5
  • ❤ 4
  • 👏 2
Post #7468 717
O ana, dehqonlarni sharaflab yozgan ekanla okamiz 😅

@usmonosphere
  • 😁 10
  • ❤ 7
  • ❤‍🔥 3
Post #7467 707
#eski_daftar

Kitoblarni yigʻishtirayotib, oʻn yilcha oldin, oʻsmir paytlarim yozgan she’rimni topib oldim. Siz bilan boʻlishgim keldi:


Oyga oshiq boʻlgan yigitman,
Yulduzlarni koʻrar koʻzim yoʻq.
Yuragimda cheksiz muhabbat,
Shundan boʻlak aytar soʻzim yoʻq.

Vaslin istab tunlarni bedor
Oʻtkazmoqqa roziman, shaksiz.
Yuzin toʻsgan bulutlar goʻyo
Qorabotir — razil va xasis.

Olislarga tikib nigohim,
Mohim bilan quraman suhbat.
Alam qilsa minglab yulduzlar
Ikkimizni qiladi gʻiybat.

Kichkina Usmonip


@usmonosphere
  • 🔥 8
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 1
Post #7466 597
#qiziq

Uy qidirayotgandim. Bir e’londagi uyning narxi ham, joylashuvi ham ma’qul boʻldi. Egasiga qoʻngʻiroq qilib, gaplashdim. Oxirida: “xoʻp, qachon uyni koʻrib, olsak boʻladi?” — deb muddaoga oʻtdim.

— Hali berolimanmi, yoʻmi? Qashqadaryo, Surxandaryodan boʻsa bermiman. Oʻzi qattansiz? — deb soʻradi.
— Qashqadaryodan, — dedim.
— Unda uzur, oka, so boʻlas, — deb qoʻydi xolos.

Toshkentda 7 yil deganda birinchi marta bunaqa diskriminatsiyaga duch kelishim. Mayli, okya, uyiz oqsuye odamlaga nasip qisin :)

@usmonosphere
  • 😁 17
  • 🤣 16
  • ❤ 6
Post #7465 570
🚚 Zamon oʻzgardi, moshinalar oʻzgardi… Endi hech kim Zafar ismli sinfdoshiga Zaparoj deb laqab qoʻymaydi.

@usmonosphere
  • 🤣 23
  • ❤ 5
Post #7463 662
Nosiyosiy she’r

Men qushlar sayrogʻin
Tinglashim zarur
Nosiyosiy she’r yozmoq uchun.

Men qushlar sayrogʻin
Tinglashim uchun
Oʻchmogʻi shart
Qiruvchi uchoqlarning sasi.

Marvan Mahul, falastin shoiri

Usmonip tarjimasi


@usmonosphere
  • ❤ 12
  • 🔥 3
  • 💔 1
Post #7462 725
Nozimning soʻnggi she’ri

Kelsang-chi, dedi menga.
Qolsang-chi, dedi menga.
Kulsang-chi, dedi menga.
Oʻlsang-chi, dedi menga.

Keldim.
Qoldim.
Kuldim.
Oʻldim.

Nozim Hikmat

Usmonip tarjimasi


@usmonosphere
  • ❤ 16
  • 🔥 8
  • 🤩 1
Post #7461 815
Men bilgan eng qisqa she’r — isming.

@usmonosphere
  • ❤‍🔥 17
  • ❤ 4
  • 😢 3
  • 😍 3
Post #7454 5.79K
#sanʼat

Elnur Egamov asarlari koʻrgazmasi

@usmonosphere
  • 🔥 14
  • 👍 6
  • 😍 4
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →