TGViewer
Usmonip Usmonip @usmonosphere · 1.57K subscribers
Post #7467 709
#eski_daftar

Kitoblarni yigʻishtirayotib, oʻn yilcha oldin, oʻsmir paytlarim yozgan she’rimni topib oldim. Siz bilan boʻlishgim keldi:


Oyga oshiq boʻlgan yigitman,
Yulduzlarni koʻrar koʻzim yoʻq.
Yuragimda cheksiz muhabbat,
Shundan boʻlak aytar soʻzim yoʻq.

Vaslin istab tunlarni bedor
Oʻtkazmoqqa roziman, shaksiz.
Yuzin toʻsgan bulutlar goʻyo
Qorabotir — razil va xasis.

Olislarga tikib nigohim,
Mohim bilan quraman suhbat.
Alam qilsa minglab yulduzlar
Ikkimizni qiladi gʻiybat.

Kichkina Usmonip


@usmonosphere
  • 🔥 8
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 1
More from @usmonosphere
  1. Oct 10, 2026Bugun Yozuvchilar qarorgohi ishtirokchilari bilan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga bordik. Adib…
  2. Oct 8, 2026Viloyatlardagi teatrlar tomoshanomasi. Oktyabr uchun. @usmonosphere #teatr
  3. Oct 8, 2026Hech qachon birovni “bir piyola choy”ga taklif qilmanglar. Bir piyola ikki kishiga yetmayd…
  4. Oct 8, 2026Xoʻsh, oʻzi Ann Karson kim? Ann Karson bu — mashi suratdagi 76 yoshli krutoy kampir. Hozir…
  5. Oct 8, 2026Intriga tugadi. Anne Carson — 2026-yilgi Nobel mukofoti sohibi! @usmonosphere
  6. Oct 8, 2026Teatrlar mavsumi boshlandi. Mana sizlarga oktyabr tomoshanomasi. Boringlar, koʻringlar, nu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →