TGViewer
Usmonip Usmonip @usmonosphere · 1.57K subscribers
Post #7519 135
Bugun Yozuvchilar qarorgohi ishtirokchilari bilan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga bordik. Adibning nevarasi Xondamir Qodiriy muzey boʻylab ekskursiya oʻtkazdi.

Suratlarda: Qodiriy kiygan kostyum-shim, oʻzi va oilasi yashagan xona, xotinining kelinlik liboslari, oʻzi kiygan kiyimlari, ijod qilgan stoli, xonadonidagi “Zinger” tikuv mashinasi, oʻsha davr koʻrpacha va javonlari, Nikolay davridagi pishiq gʻishtlar va yakunda “musulmon”gʻishtlar.

E’tiborlisi, Qodiriyning avlodlari adibga tegishli barcha buyumni asrab-avaylashgan, hatto koʻrpachalarigacha yaxshi saqlab kelishgan ekan. Hamma yozuvchi-shoirga shunaqa avlod nasib qilsin.

@usmonosphere
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 🥰 2
More from @usmonosphere
  1. Oct 8, 2026Viloyatlardagi teatrlar tomoshanomasi. Oktyabr uchun. @usmonosphere #teatr
  2. Oct 8, 2026Hech qachon birovni “bir piyola choy”ga taklif qilmanglar. Bir piyola ikki kishiga yetmayd…
  3. Oct 8, 2026Xoʻsh, oʻzi Ann Karson kim? Ann Karson bu — mashi suratdagi 76 yoshli krutoy kampir. Hozir…
  4. Oct 8, 2026Intriga tugadi. Anne Carson — 2026-yilgi Nobel mukofoti sohibi! @usmonosphere
  5. Oct 8, 2026Teatrlar mavsumi boshlandi. Mana sizlarga oktyabr tomoshanomasi. Boringlar, koʻringlar, nu…
  6. Oct 7, 2026Yuqoridagi she’r haqida, uni kim yozgani haqida rosa soʻrashdi. Bilganimcha aytib bermoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →