TGViewer
Usmonip Usmonip @usmonosphere · 1.56K subscribers
Post #7505 536
Hamid Ismoilovning nomzodi Nobelga qoʻyildimi?

Bir-ikki kundan beri tarmoqlarda “Hamid Ismoilov Nobel mukofotiga da’vogarlar roʻyxatiga kiribdi” qabilidagi postlar koʻpayib qoldi. Bu albatta yaxshi xabar, lekin rostmi-yoʻqligini hech kim bilmaydi.

Chunki Nobel mukofotiga nomzodlar doim sir tutiladi. Oradan 50 yil oʻtibgina nomzodlarning umumiy roʻyxati bilan tanishish mumkin.

Ya’ni hozir Ismoilov Nobelga da’vogarligi haqida aniq ma’lumot yoʻq. Bular adabiyot muxlislari va jurnalistlarning prognozlari xolos. Hamid Ismoilov esa oxirgi yillatda bunaqa taxminiy roʻyxatlardan tushmay kelyapti.

Sababi, uning Nobelgacha bosib oʻtgan yoʻli, asarlari va mukofotlari yetarlicha. Masalan, EBRD adabiy mukofotining eng birinchi gʻolibi, 2025-yilgi Milliy kitob mukofoti finalisti va hokazo.

Shu sababdan ham, Ismoilovni tahlilchilar Nobelga nomzod sifatida koʻrishadi. Mening ham taxminim, agar yaqin yillarda biror oʻzbek adibi mukofot olsa, demak u aniq Hamid aka Ismoilov boʻladi. Ammo… u mukofotni Oʻzbekiston nomidan qabul qilmasa kerak :)

@usmonosphere
  • 😢 7
  • ❤ 1
More from @usmonosphere
  1. Oct 1, 2026Ustozingiz kim? Yoki kimlar? Izohlarda yozinglar-chi @usmonosphere
  2. Oct 1, 2026Avvalo, bayram muborak! Lekin bir savol bor. Bugun birinchi oktyabrmi yoki birinchi oktabr…
  3. Sep 30, 2026Aytgancha, bugun xalqaro tarjimonlar kuni! @usmonosphere
  4. Sep 30, 2026Sizlar ham Sof Til botidan foydalanib, jamiyatga va choʻntakka foyda keltiringlar :) @usmo…
  5. Sep 30, 2026Bugun tilimizga befarq bo‘lmagan yoshlarimizga pul mukofotlarini topshirdik. Ularning har…
  6. Sep 28, 2026Oxirgi oylarda bir-ikkita badiiy-publitsistik maqolalardan toʻplangan kitoblar mutolaasiga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →