TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.88K subscribers
Post #38961 2.21K
📢📢📢📢📢

🗣Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkaziladi.

📖 Oktabr oyi uchun mutolaa qilinadigan asar:
Shuhratning “Oltin zanglamas” romani.

🌟 Tanlov 2 ta shart asosida tashkil etiladi:

1️⃣ “Badiiy asar sharhi” — 50 ball
Ishtirokchi 2 daqiqa davomida asarning umumiy mazmuni va g‘oyasi, voqealar rivoji, obrazlar xarakteri hamda asarning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritadi.

2️⃣ “Test” — 40 ball
Ishtirokchilarga asar mazmuni yuzasidan 20 ta test savoli taqdim etiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi. Mazkur shart bo‘yicha jami 40 ball to‘plash mumkin.

🏆 Ikki shart bo‘yicha eng yuqori umumiy natijani qayd etgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topiladi.

🥇🥈🥉 G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

📞 Murojaat uchun: +99899577 7252
📲 Telegram: @Muborak7252
📅 Sana: 30-oktabr
🕐 Vaqt: 13:00
📍Manzil: Termiz davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi

📚 Kitob o‘qing, fikringizni boyiting va “Kitobxon talaba” bo‘ling!

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • ❤ 6
More from @terdpi
  1. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
  2. Oct 13, 2026🇺🇸INGLIZ TILINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! 📣 Termiz davlat pedagogika instituti talaba…
  3. Oct 13, 2026#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz 🗣“SURXONDARYO YOSHLARI NARKOTIKKA QARSHI!” Termiz davlat pe…
  4. Oct 13, 2026❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Resp…
  5. Oct 13, 2026🎓 #Himoya_2026 📅 2026-yil 12-OKTABR | 🕙 15:00 ✨ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini…
  6. Oct 13, 2026#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz 🗣 Giyohvandlikka qarshi — ma’rifat, san’at va sog‘lom hayot…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →