❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.
Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.
Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.
Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #38980
1.18K
