📣 Termiz davlat pedagogika instituti talabalari hamda ingliz tili bilimini oshirish istagida bo‘lgan barcha talabgorlar diqqatiga!
🌐 Institutda AQSHlik xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul ingliz tili mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilmoqda!
👨🏫 Mashg‘ulotlarni kimlar olib boradi?
🇺🇸 Samuel Blake Christopher — Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Lee University bitiruvchisi.
🇺🇸 Sage MItchell Friese - Amerika Qo‘shma Shtatlari, Illinois shtatidagi Wheaton College bitiruvchisi.
📚 Darslarda siz:
🔹 Ingliz tilida erkinroq muloqot qilish ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
🔹 Og‘zaki nutq va talaffuzingizni yaxshilaysiz;
🔹 Ingliz tilidagi so‘z boyligingizni kengaytirasiz;
🔹 Tinglab tushunish va kundalik suhbatlashish mahoratingizni oshirasiz;
🔹 Xorijiy mutaxassis bilan bevosita muloqot qilish orqali amaliy tajriba orttirasiz.
📅 Mashg‘ulotlar jadvali:
🗓 Kun: Haftaning har payshanba kunlari
🕜 Vaqt: soat 13:30 da
📍 Manzil: Termiz davlat pedagogika instituti, Tillar fakulteti, 3-qavat, 304-xona hamda 305-xona.
🎓Eng muhimi — barcha mashg‘ulotlar bepul!
📝 Darslarda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting !
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: 👈
✨ Ingliz tilini o‘rganish, mavjud bilimlaringizni mustahkamlash va yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📱 Ingliz tilini o‘rganishga qiziquvchi do‘stlaringizga ham ushbu xabarni ulashing!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram

