#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
🗣 Giyohvandlikka qarshi — ma’rifat, san’at va sog‘lom hayot tarafdorimiz!
🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida tushuncha berish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori bilan gulxan atrofida mushoira kechasi va konsert dasturi tashkil etildi.
🎤 Tadbir davomida badiiy chiqishlar, she’riy ifodalar va musiqiy dasturlar orqali yoshlarga sog‘lom hayotning qadri, hayotga ongli munosabatda bo‘lish hamda giyohvandlik kabi zararli illatlardan yiroq yurishning ahamiyati ta’sirchan tarzda yetkazildi.
🔔 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish va giyohvandlikka qarshi qat’iy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Zero, sog‘lom fikrli, ma’naviy barkamol va faol yoshlar — yurt kelajagining mustahkam poydevoridir!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38974
2.05K





- ❤ 4
- 😍 2
- ⚡ 1
- 🔥 1
- 🤩 1