Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.
Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/232125
👉 На руском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #38984
1.14K






