🎓 #Himoya_2026
📅 2026-yil 12-OKTABR | 🕙 15:00
✨ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi!
🎓 Jo‘ranazarova Nigora Qurbonboy qizi Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy Kengashning 13-son majlisida “Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarida iboralarning funksional-stilistik xususiyatlari” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📖 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan mazkur ilmiy tadqiqot ishi o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bilan e’tirof etildi.
👏 TerDPI jamoasi nomidan Jo‘ranazarova Nigora Qurbonboy qizini ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38979
1.58K

- 👍 16
- 👏 7
- ❤ 4
- 🔥 2
- 🎉 2
- ⚡ 1