“MUNOZARA” — BILIM, TAFAKKUR VA YETAKCHILIK MAYDONI!
🎓Teach for Uzbekistan — ta’lim orqali kelajak yetakchilarini shakllantirish yo‘lida!
🗓12-oktabr kuni oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining hududiy Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎙Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan turnirda talaba-yoshlar o‘zlarining notiqlik mahorati, tanqidiy fikrlash, mantiqiy mushohada yuritish, dalillar bilan ishlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🏆Turnirning viloyat bosqichi natijalari:
🥇1-o‘rin: Termiz davlat universiteti — “Gumata” jamoasi
🥈2-o‘rin: Termiz davlat pedagogika instituti — “Humo” jamoasi
🥉3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali — “Aysberg” jamoasi
🎁Teach for Uzbekistan tashkiloti ham ushbu intellektual bellashuvda ishtirok etib, talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ularga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.
🎉Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy tabriklaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38993
561








