TGViewer
Channel Public Channel
SSV matbuot kotibi

SSV matbuot kotibi

@ssvmatbuotkotibi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali

Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook: facebook.com/furkatsanaev
Instagram: instagram.com/furkat_sanayev

Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
Subscribers
129K
Photos
9.9K
Videos
4.4K
Links
12.9K
Recent Posts 11 shown
Post #21818 2.13K
#Yangi_loyiha

🟡 🟦🟦🟦

🎙SSV Matbuot xizmati tomonidan yana bir yangi loyiha — “HAYOTGA QAYTDIM”.


🕒 Tez kunda!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #21817 5.92K
#Vazir_stipendiyasi

🟡 🟦🟦🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi

🎓 Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi.


🔘 Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda tibbiyot sohasidagi amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

📌 Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

📄 Dastlab talabgorlarning arizalari qabul qilinib, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Shundan so‘ng nomzodlarning portfeli belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan baholanadi.

🟢 Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning loyiha yoki amaliy tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqiladi. So‘ngra oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar yakuniy saralashdan o‘tkazilib, g‘oliblar belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.

⬇️ Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

⏺ CV (rezyume);
⏺ transkript yoki akademik ma’lumotnoma;
⏺ ilmiy, innovatsion, klinik va jamoatchilik faoliyatini tasdiqlovchi portfel;
⏺ tavsiyanoma;
⏺ akademik qarzdorlik va intizomiy jazo mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
⏺ xorijiy til sertifikati va loyiha konsepsiyasi.

⏳ Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 26-oktabr.

💻 Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi. Talabalar platformada ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini onlayn yuklashi va arizalarining har bir bosqichdagi holatini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishlari mumkin.

📬 Tanlov shartlari bilan tanishish va ariza topshirish: https://ssvstipendiya.uz/uz

📨 Savollaringizni info@ssvstipendiya.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 1
Post #21816 3.47K
#Kongress

🟡 📰📰📰📰📰📰📰

Toshkent “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressiga mezbonlik qildi.


🌐 Yurtimizda oltinchi bor o‘tkazilgan ushbu nufuzli anjumanda yurtimiz va 20 ga yaqin xorijiy davlatdan 1000 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etdi.

✅ Tadbir doirasida oftalmologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 200 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #21815 3.47K
🟡 🟦🟦🟦

❗️Toshkent davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi

✔️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilk bor Times Higher Education (THE) nufuzli xalqaro reyting agentligining "World University Rankings 2027" reytingiga kiritilib, dunyo universitetlari orasida 2001+ o‘rinda e’tirof etildi.


📊 Bu orqali universitet O‘zbekistonda mazkur reytingga kiritilgan yagona tibbiyot oliygohi, Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida qayd etildi. Universitetning eng yuqori ko‘rsatkichi “International Outlook” (xalqaro qamrov) yo‘nalishida qayd etilgan — 49.4 ball.

⬇️ Universitetning reytingdagi asosiy ko‘rsatkichlari:

➡️ Teaching — 23.4
➡️ Research Environment — 10.6
➡️ Research Quality — 8.5
➡️ Industry — 16.3
➡️ International Outlook — 49.4
➡️ Umumiy ko‘rsatkich — 12.2–20.3

‼️ Ushbu xalqaro e’tirof universitetning ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xalqaro hamkorlik va akademik faoliyatni izchil rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining muhim natijasidir.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 🤩 1
Post #21814 3.49K
#Stajirovka
🟡 🟦🟦🟦🟦🟦

❗️SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi klinikasida stajirovka o‘taydi
 

🏥 O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasiga (SNUBH) stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.

 
🔎 Ushbu dastur doirasida mutaxassislar tibbiyotning turli yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.
 
📌 Xususan:
 
💬 Ma’muriy-boshqaruv: moliya, axborot texnologiyalari, operatsion boshqaruv, inson resurslari, tibbiy masalalar, hamshiralik va farmatsevtika xizmatlari, shuningdek, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi;

💬 Tibbiy yo‘nalishlar: kardiologiya, kardiotorakal jarrohlik, nevrologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, gepatobiliar va pankreatik jarrohlik, nefrologiya, oftalmologiya, gastroenterologiya, otorinolaringologiya, shoshilinch yordam, diagnostika, radiologiya va laboratoriya tibbiyoti;

💬 Hamshiralik yo‘nalishlari: palata, reanimatsiya, operatsiya, ambulatoriya, shoshilinch yordam va gemodializ hamshiralari;

💬 Boshqa yo‘nalishlar: farmatsevtika, fizioterapiya, ergoterapiya, logopediya hamda MRT, KT, rentgen va DRG bo‘yicha texnik mutaxassislar.

🗓 Stajirovka muddati: mutaxassislar uchun 4–6 oy, hamshiralar uchun 20 kun. Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar Koreya Respublikasi tomonidan qoplanadi.
 
🔵Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

⏺belgilangan jadvalni to‘ldirish;
⏺ ma’lumotnoma (ob’yektivka);
⏺ mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjatlar;
⏺ ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
 
🔘 Nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

✉️ Hujjatlarni yuborish: lola.badalova@ssv.uz

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 1
Post #21810 3.26K
#Kardiologiya

🔴 🟦🟦🟦🟦🟦

✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalarga qadar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

 
🖥Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda mamlakatimiz vakillari bilan birga, AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi 10 dan ziyod davlatlar malakali mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti.
 
🟢 Konferensiyaning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov qatnashdi.

💬 Qayd etilganidek, yurtimizda kardiologiya sohasi jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yaqin yillargacha imkonsizdek tuyulgan davolash usullari bugun kundalik klinik amaliyotning bir qismiga aylanyapti.
 
📌 Anjuman doirasida Turkiy tilli davlatlar kardiologlarining III Qurultoyi, O‘zbekiston Arterial gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha mutaxassislar jamiyatining I syezdi hamda “O‘zbekiston — Ozarbayjon” tibbiyot forumi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
 
📹 SSV  Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 1
Post #21809 3.28K
#Kongress

🔴 No_comment

🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq davlatlarning noyob tajribasi. Ko‘z kasalliklarini davolashdagi eng so‘nggi texnologiyalar...

📌 Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressining birinchi kuni qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.

🎚 Anjuman o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #21805 3.31K
#Xalqaro_hamkorlik
🟡 ❗️❗️❗️

❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday masalalar muhokama qilindi?

📍 Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining 6-yig‘ilishi o‘tkazildi.


🔘 Unda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

🌐 Shuningdek, uchrashuvda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari hamda TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi.

📌 Muloqot davomida milliy sog‘liqni saqlash tizimlari barqarorligini ta’minlash, sohadagi umumiy muammolarga birgalikda yechim topish va davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔬Xususan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi va xavfsizligini ta’minlash, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish, sohaga raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.


🟢 Yig‘ilishda, shuningdek, TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 1
Post #21801 3.72K
🔴 🟦🟦🟦

❗️SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

💊 Mamlakatimizda Reimbursatsiya dasturi doirasida 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari bepul berilayotganidan xabaringiz bor.

 
📍Ushbu tizimning hududlardagi samaradorligi, aholiga dori vositalarining o‘z vaqtida, belgilangan tartibda yetkazib berilishini aniqlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi tomonidan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
 
💫 Bu jarayonda tibbiyot muassasalari va dorixonalarda elektron retseptlarni shakllantirish, bemorlarga dori vositalarini tayinlash va berish, elektron sog‘liqni saqlash tizimiga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish holati tahlil qilindi.
 
🌟 Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘rganishlarga ko‘ra, hududda 149 ming 940 nafar bemorga 12,9 mlrd. so‘mlik dori vositalari bepul berilgan.
 
📌 Biroq tizimdan foydalanishda qator kamchiliklar ham aniqlandi. Masalan, laboratoriya tahlillarisiz dispanser nazoratiga olish holatlari, bemor yoki uning vakiliga tegishli telefon raqamlari kiritilmagani, dorixonalar qamrovi yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.

 
🔎 O‘rganishlar doirasida dorixona rahbarlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, Reimbursatsiya dasturining mazmun-mohiyati, amalda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
 
🌐 Shuningdek, mahallalar va hokimliklar axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
 
📄 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektron retseptlar bilan ishlash sifatini oshirish, dorixonalar qamrovini kengaytirish hamda Reimbursatsiya dasturi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

 
➡️ Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
 
〰️ Eslatma: yurtdoshlarimiz bu borada qonunbuzilish holatlari va byurokratik to‘siqlarga duch kelsa, vazirlik qoshidagi “1203” qisqa raqamli “Call-markaz”ga murojaat qilishlari mumkin.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Post #21800 2.99K
#Dayjest

🔴 🟦🟦🟦

📆 SENTABR OYIDAGI ENG MUHIM VOQEALAR DAYJESTI

🟢 Vazir o‘zi tahsil olgan maktabda bo‘ldi

💬 Prezident tibbiyot va farmatsevtikaga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi

📹 «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining yangi soni e'lon qilindi

🕒 Kelgusi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

🏢 Nurafshonda o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

➡️ SSV: Sirdaryoda tibbiyot tizimiga doir masalalar tanqidiy tahlil qilindi

📝 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

💊 Prezidentimiz Olmazordagi zamonaviy farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi

🎥 SSV Matbuot xizmatining yangi formatdagi “PULS” podkastiga start berildi

❤️ Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialida Сall-markaz tashkil etildi

😍 Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

🧑🏻‍💻
IT operatorlar o‘qitildi

🚐 Respublika kardiologiya markaziga zamonaviy mobil jarrohlik kompleksi topshirildi

👩🏻‍🍼 Nukusda “O‘zbekistonda perinatal tibbiyot” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

🤖 Italiyadan turib, Toshkentdagi bemorda robot yordamida murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

🔺 Prezidentimiz Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

➡️ SSV Matbuot xizmati "OCHIQ MIKROFON" medialoyihasini yo‘lga qo‘ydi

🇺🇿🇩🇪 “O‘zbekiston–Germaniya” uchinchi tibbiyot forumi o‘tkazildi

✅ “Tibbiyot fidoyisi” tanlovida 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati yaratildi

🌍 Poytaxtimiz III Yevroosiyo revmatologlar kongressiga mezbonlik qildi

🇺🇿🇮🇹 O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etilmoqda

‼️5000 ga yaqin bo‘lajak shifokor talabalik qasamyodini qabul qildi


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 1
Post #21796 3.47K
🔴 ✅✅

📍 Poytaxtimizda “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologik kongressi bo‘lib o‘tmoqda.


🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda yurtimiz mutaxassislari bilan birga, AQSH, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi 20 ga yaqin davlatdan jami 1000 nafardan ziyod soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

🔎 Tadbirda oftalmologiyadagi so‘nggi yutuqlar, yangi davolash va diagnostika usullari, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Kongress doirasida maxsus ko‘rgazma ham tashkil etilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 2
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ssvmatbuotkotibi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for SSV matbuot kotibi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does SSV matbuot kotibi have?
SSV matbuot kotibi (@ssvmatbuotkotibi) has 129K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does SSV matbuot kotibi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →