TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 131K subscribers
Post #22739 16K
#Vazir_hududlarda

🔴 ‼️‼️‼️

❗️SSV: Sirdaryoda tibbiyot tizimiga doir masalalar hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilindi

✅ Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari doirasida mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.


🔃 Unda sohadagi mavjud muammolar hududlar kesimida atroflicha tahlil qilindi.

🟢 Qayd etilganidek, joriy yilning birinchi yarmida viloyatda profilaktik ko‘riklar 85,6 va skrining tekshiruvlari 94,1 foizga bajarilgan. Biroq Guliston, Oqoltin, Sirdaryo, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida bu boradagi ko‘rsatkichlar ancha past.

🔺 Shuningdek, kafolatlangan paket doirasida birlamchi bo‘g‘in muassasalarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, laboratoriya va diagnostika tekshiruvlarini o‘tkazish holati Sardoba, Xovos, Sayxunobod, Guliston, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida qoniqarsiz.

💻 Reimbursatsiya dasturi bo‘yicha ba’zi tuman va shaharlarda elektron retsept rasmiylashtirish ko‘rsatkichlari ham talab darajasida emas.

Yig‘ilishda ayrim birlamchi tibbiyot muassasalarida klinik protokol va davolash standartlariga to‘liq rioya etilmayotgani, ayniqsa, Sayxunobod tumanida bir qancha bemorlarga dori vositalari klinik jihatdan yetarlicha asoslanmagan holda tayinlangani qattiq tanqid qilindi.


➖ Bemorlarni statsionar davolanishga yo‘naltirish bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, ba’zi tuman va shahar shifoxonalarida kafolatlangan paket doirasida dori vositalari bilan ta’minlanish holati qoniqarsiz ekani qayd etildi.

📋Shu bilan birga, Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, tajriba-sinov loyihasi joriy etilgan Sirdaryo tumanidagi 15 ta oilaviy poliklinikaning faqat 7 tasida stomatologiya xizmatlari autsorsing asosida tashkil etilgani aytib o‘tildi.

🎮— Bugun tizimdagi muammolarning asosiy ildizi joylardagi rahbarlarda menejerlik salohiyati va moliyaviy bilimi yetarli emasligida ham ko‘rinmoqda. Shu bois sohadagi har bir mas’ul o‘z muassasasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashi, mablag‘lardan oqilona foydalanishi zarur. Agar ularning bu boradagi dunyoqarashi o‘zgarsa, tizimdagi ko‘plab muammolarga yechim topiladi, — dedi vazir.


📱 Yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar jiddiy ogohlantirildi.

🟡 Yakunda mutasaddilarga birlamchi bo‘g‘in faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat tibbiy sug‘urtasining yangi mexanizmlarini keng joriy qilish, raqamlashtirishni jadallashtirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish kabi masalalar yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 12
  • 🔥 4
  • 🤩 1
More from @ssvuz
  1. Oct 2, 2026#Kardiologiya 🔴 🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtiso…
  2. Oct 2, 2026#Kongress 🔴 No_comment 🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq…
  3. Oct 2, 2026#Xalqaro_hamkorlik 🟡 ❗️❗️❗️ ❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday m…
  4. Oct 2, 2026🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda 💊…
  5. Oct 2, 2026#Dayjest 🔴 🟦🟦🟦 📆 SENTABR OYIDAGI ENG MUHIM VOQEALAR DAYJESTI 🟢 Vazir o‘zi tahsil olg…
  6. Oct 2, 2026🔴 ✅✅ 📍 Poytaxtimizda “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologik kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 🟡…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →