🔴 🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalarga qadar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
🖥Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda mamlakatimiz vakillari bilan birga, AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi 10 dan ziyod davlatlar malakali mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti.
🟢 Konferensiyaning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov qatnashdi.
💬 Qayd etilganidek, yurtimizda kardiologiya sohasi jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yaqin yillargacha imkonsizdek tuyulgan davolash usullari bugun kundalik klinik amaliyotning bir qismiga aylanyapti.
📌 Anjuman doirasida Turkiy tilli davlatlar kardiologlarining III Qurultoyi, O‘zbekiston Arterial gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha mutaxassislar jamiyatining I syezdi hamda “O‘zbekiston — Ozarbayjon” tibbiyot forumi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram


