🟡 🟦🟦🟦🟦🟦
❗️SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi klinikasida stajirovka o‘taydi
🏥 O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasiga (SNUBH) stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
🔎 Ushbu dastur doirasida mutaxassislar tibbiyotning turli yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.
📌 Xususan:
💬 Ma’muriy-boshqaruv: moliya, axborot texnologiyalari, operatsion boshqaruv, inson resurslari, tibbiy masalalar, hamshiralik va farmatsevtika xizmatlari, shuningdek, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi;
💬 Tibbiy yo‘nalishlar: kardiologiya, kardiotorakal jarrohlik, nevrologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, gepatobiliar va pankreatik jarrohlik, nefrologiya, oftalmologiya, gastroenterologiya, otorinolaringologiya, shoshilinch yordam, diagnostika, radiologiya va laboratoriya tibbiyoti;
💬 Hamshiralik yo‘nalishlari: palata, reanimatsiya, operatsiya, ambulatoriya, shoshilinch yordam va gemodializ hamshiralari;
💬 Boshqa yo‘nalishlar: farmatsevtika, fizioterapiya, ergoterapiya, logopediya hamda MRT, KT, rentgen va DRG bo‘yicha texnik mutaxassislar.
🗓 Stajirovka muddati: mutaxassislar uchun 4–6 oy, hamshiralar uchun 20 kun. Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar Koreya Respublikasi tomonidan qoplanadi.
🔵Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
⏺belgilangan jadvalni to‘ldirish;
⏺ ma’lumotnoma (ob’yektivka);
⏺ mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjatlar;
⏺ ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
🔘 Nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
✉️ Hujjatlarni yuborish: lola.badalova@ssv.uz
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
