TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 130K subscribers
Post #23004 19.4K
#Vazir_stipendiyasi

🟡 🟦🟦🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi

🎓 Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi.


🔘 Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda tibbiyot sohasidagi amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

📌 Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

📄 Dastlab talabgorlarning arizalari qabul qilinib, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Shundan so‘ng nomzodlarning portfeli belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan baholanadi.

🟢 Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning loyiha yoki amaliy tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqiladi. So‘ngra oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar yakuniy saralashdan o‘tkazilib, g‘oliblar belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.

⬇️ Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

⏺ CV (rezyume);
⏺ transkript yoki akademik ma’lumotnoma;
⏺ ilmiy, innovatsion, klinik va jamoatchilik faoliyatini tasdiqlovchi portfel;
⏺ tavsiyanoma;
⏺ akademik qarzdorlik va intizomiy jazo mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
⏺ xorijiy til sertifikati va loyiha konsepsiyasi.

⏳ Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 26-oktabr.

💻 Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi. Talabalar platformada ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini onlayn yuklashi va arizalarining har bir bosqichdagi holatini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishlari mumkin.

📬 Tanlov shartlari bilan tanishish va ariza topshirish: https://ssvstipendiya.uz/uz

📨 Savollaringizni info@ssvstipendiya.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 9
  • 🔥 4
  • 🤩 1
More from @ssvuz
  1. Oct 4, 2026#Yangi_loyiha 🟡 🟦🟦🟦 🎙SSV Matbuot xizmati tomonidan yana bir yangi loyiha — “HAYOTGA Q…
  2. Oct 3, 2026#Kongress 🟡 📰📰📰📰📰📰📰 Toshkent “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressiga mez…
  3. Oct 3, 2026🟡 🟦🟦🟦 ❗️Toshkent davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi ✔️…
  4. Oct 3, 2026#Stajirovka 🟡 🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning…
  5. Oct 2, 2026#Kardiologiya 🔴 🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtiso…
  6. Oct 2, 2026#Kongress 🔴 No_comment 🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →