🟡 ❗️❗️❗️
❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday masalalar muhokama qilindi?
📍 Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining 6-yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔘 Unda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
🌐 Shuningdek, uchrashuvda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari hamda TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi.
📌 Muloqot davomida milliy sog‘liqni saqlash tizimlari barqarorligini ta’minlash, sohadagi umumiy muammolarga birgalikda yechim topish va davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔬Xususan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi va xavfsizligini ta’minlash, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish, sohaga raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Yig‘ilishda, shuningdek, TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram



