TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 131K subscribers
Post #22760 11.8K
#Hamkorlik

🔴 ❤️❤️❤️

❗️SSV: Tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


➖ Tadbirda vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov ishtirok etdi.

🔺 Memorandumda tibbiyot sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, davlat organlari o‘rtasida institutsional hamkorlikni rivojlantirish masalalari qamrab olingan.

📱 Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida huquqiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirish masalalari uning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

🟡 Hamkorlik doirasida tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

➡️ Qolaversa, tibbiyot xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Virtual akademiyada o‘qitish ishlari tashkil etiladi.

‼️Uchrashuvda mazkur memorandumni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Undan tizimda qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi komplayens mexanizmlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar o‘rin egallagan.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 14
  • 🔥 1
  • 🤩 1
More from @ssvuz
  1. Oct 3, 2026🟡 🟦🟦🟦 ❗️Toshkent davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi ✔️…
  2. Oct 3, 2026#Stajirovka 🟡 🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning…
  3. Oct 2, 2026#Kardiologiya 🔴 🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtiso…
  4. Oct 2, 2026#Kongress 🔴 No_comment 🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq…
  5. Oct 2, 2026#Xalqaro_hamkorlik 🟡 ❗️❗️❗️ ❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday m…
  6. Oct 2, 2026🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda 💊…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →