🔴 🟦🟦🟦
🔬O‘zbekiston tibbiyoti tarixida yana bir muhim sahifa ochildi. Toshkentdan qariyb 6 ming kilometr uzoqlikdagi Italiyaning Padova shahridan turib, poytaxtimizdagi bemorda robot yordamida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Yodingizda boʻlsa, avvalroq o‘zbek jarrohi Xitoyning Uxan shahridan turib, O‘zbekistondagi uch nafar bemorda robot yordamida operatsiya o‘tkazgan edi.
🏃♂️ Ushbu transkontinental telerobot operatsiyasi esa Yevropa robotik urologlari jamiyati kongressi doirasida amalga oshirildi. Jarayon jonli namoyish etilib, mingga yaqin mutaxassis, xususan, o‘zbekistonlik jarrohlar ham unda onlayn ishtirok etdi.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada tarixiy amaliyot tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram