TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 131K subscribers
Post #22957 8.39K
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

❗️SSV: O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etilmoqda

🇺🇿🇮🇹 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gvido de Sanktis bilan uchrashdi.


💬 Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, xususan, tibbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash, klinik amaliyot, ilmiy hamkorlik va farmatsevtika yo‘nalishlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
 
📌 Ayniqsa, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan L’Akvila universiteti o‘rtasidagi hamkorlik, Paviya, Piza va Perudja shaharlaridagi akademik markazlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yuqori baholandi. Shuningdek, Lombardiya mintaqasi hamda Perudja universiteti bilan tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar e’tirof etildi.
 
🔎 Uchrashuvda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zbekistonlik shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining Italiyadagi yetakchi klinika va universitetlarda stajirovkasini kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


👩🏻‍⚕️ O‘z navbatida, elchi janoblari o‘zbekistonlik hamshiralarni Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga jalb etish yuzasidan takliflarini bildirdi.
 
➡️ Qolaversa, farmatsevtika sohasida texnologiyalar transferi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va farmakonazorat bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

‼️Muloqotda, shuningdek, Italiya kompaniyalarining yurtimizda tibbiyot infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalardagi ishtirokini ta'minlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 13
  • 🔥 3
More from @ssvuz
  1. Oct 1, 2026🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🖥 Xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog‘…
  2. Oct 1, 2026🔴 🟦🟦🟦 ❗️ SSV: Yurtimizda ko‘krak bezi saratoni profilaktikasiga bag‘ishlangan oylik bo…
  3. Oct 1, 2026🔴🟦🟦🟦 ❓Ustoz kim? U qanday ta’rifga loyiq? Nega ularning mehnati ulug‘? 💬 Bir guruh ti…
  4. Sep 30, 2026🟡❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 ❗️100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhoka…
  5. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  6. Sep 30, 2026#Tibbiy_korik 🟡 ❤️❤️❤️ ✅ Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →