TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 130K subscribers
Post #22738 18.7K
#Yangilik

🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
 
❗️Nurafshonda Koreyaning KOFIH jamg‘armasi hamkorligida o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
 
✅ Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali negizida Koreya Respublikasining KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 
🏥 Ta’kidlanganidek, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan tibbiyotni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirish imkoniyatlari asosida uni xalq rozi bo‘ladigan tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv-simulyatsiya markazining ishga tushirilishi bu boradagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
 
🟢 Bu yerda tez tibbiy yordam shifokor, feldsher va hamshiralarining yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari, shoshilinch tug‘uruq kabi kritik vaziyatlar bilan bog‘liq amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun barcha sharoit yaratilgan.
 
🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 13
  • 🔥 6
More from @ssvuz
  1. Oct 3, 2026🟡 🟦🟦🟦 ❗️Toshkent davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi ✔️…
  2. Oct 3, 2026#Stajirovka 🟡 🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning…
  3. Oct 2, 2026#Kardiologiya 🔴 🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtiso…
  4. Oct 2, 2026#Kongress 🔴 No_comment 🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq…
  5. Oct 2, 2026#Xalqaro_hamkorlik 🟡 ❗️❗️❗️ ❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday m…
  6. Oct 2, 2026🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda 💊…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →