❗️SSV: Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi
🤩 Muassasa tibbiy xizmatlar sifati va boshqaruv tizimi xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yilganligini tasdiqlovchi 2 ta xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritdi.
⬇️ Ular quyidagilardir:
📱 ISO 9001:2015 — sifat menejmenti tizimi standarti;
📱 ISO 7101:2023 — sog‘liqni saqlash tashkilotlarida sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan xalqaro standart.
‼️Albatta, bu natija o‘z-o‘zidan bo‘lib qolgani yo‘q. Buning zamirida jamoa a’zolarining tinimsiz izlanishlari mujassam.
🔎 Avvalo, xodimlar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Ichki me’yoriy hujjatlar va operatsiya jarayonlari standartlari ishlab chiqildi. Sifat va risklarni boshqarish, bemorlarning xavfsizligini ta’minlash, bolalar va ularning qonuniy vakillari bilan o‘zaro aloqani takomillashtirish bo‘yicha yangi yondashuv joriy qilindi.
🏥 Bunda asosiy e’tibor standart talablarini muassasa faoliyatiga keng integratsiya qilishga qaratildi. Barcha ish Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shakllangan tajriba, uslubiy yondashuv va amaliyotlar asosida olib borildi.
✅ Amalga oshirilgan shu kabi sa’y-harakatlar natijasida ushbu markaz ISO 7101:2023 talablariga muvofiqlik bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
📌 Yaqinda markazda xalqaro sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari I.Umrzoqov qatnashdi.
💬 Qayd etilganidek, xalqaro sertifikatlar qo‘lga kiritilishi katta yutuq bo‘lishi bilan birga, jamoaning zimmasidagi mas’uliyatini yanada oshirishi, shubhasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
