TGViewer
Channel Public Channel
Panda Books

Panda Books

@panda_books

Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz
Reklama: @pandapochtabot
Subscribers
5.12K
Photos
2.8K
Videos
543
Links
2.4K
Recent Posts 20 shown
Post #7727 88
#newbook #yangikitob

Va NIHOYATTT!

Ruslarda adib romanchiligi haqida “Dostoyevskiyning Buyuk Beshligi” degan ibora bor. “Telba”, “Aka-uka Karamazovlar” va “Jinoyat va Jazo”ni koʻpchilik biladi. Ammo Fyodor Dostoyevskiyning “O’smir” romani hali kitobxonlarimizga yaxshi tanish emasdi. Tirilish nashriyoti endi mana shu imkoniyatni bizga taqdim etmoqda. Bu quvonarli.

Albatta, oʻqib chiqamiz va baho beramiz.

@panda_books
  • ⚡ 2
Post #7724 359

Forwarded from Ma'rufjon Blogi

Kanadalik yozuvchi Enn Karson 2026-yilgi Nobel mukofotining adabiyot yoʻnalishida g‘olib bo‘ldi.
 
Mukofot yozuvchiga zamonaviy adabiyotning klassik anʼanalar bilan uygʻunlashtirilgan va yangi shakllarini yaratgan jasoratli ijodi uchun taqdim etildi.
 
76 yoshli Enn Karson butun faoliyati davomida sheʼr yozish bilan birga, universitetlarda dars berib, tarjima ishlari bilan ham shugʻullangan. Yozuvchi barcha asarlari uchun soʻzlar etimologiyasini boshlangʻich nuqta sifatida belgilaydi.

@marufjonblogi
  • ❤ 4
  • 🏆 4
Post #7723 534
​​#review #taqriz

📓Jorj R. R. Martin — “Sirli ritsar”

Shu bilan Ser Dunkan Uzun va uning qurolbardori Egg haqidagi qissalar turkumini tugatdim.

Uchinchi hikoyaga kelib Martin yana tanish maskanlarga - ritsarlik turnirlari va sirli saroy fitnalariga bizni olib qaytadi. Bu bilan men Martinni g’oyalar kambagʻalligida ayblamoqchi emasman, zero ritsarlar haqida hikoya yozib, unda turnirlarni yozmaslik, ko’pkari chavandoz haqida hikoyada uni otga minmagan holda tasvirlash bilan bir xil (a tak hikoyaga yaxshi ideya)

Bu safar Martin syujet burilishlariga ancha boy va a-lya “Taxtlar oʻyini” uslubidagi qissa yozgan. Unda Dunkan va Egg kutilmaganda yana ritsarlik turnirida paydo boʻlib qolishadi va boshlanajak Targariyenlar xonadonidagi yangi fitnalarga duch kelishadi.

Martinning yozish uslubi ajoyib. U tavtologiya, sarkazm va biroz yumor orqali ham voqealarni ancha jonli va samimiy koʻrsata oladi, voqealar va joylar tasvirini haqqoniy tasvirlay oladi va umuman sodda va ravon yozadi.

Umuman olganda, ashaddiy GoTchi va Martinchi bo’lgan shinavandalar uchun Must Read kitob. Unda biz nihoyat Martinni boshqacha, oddiyroq va hatto yaxshiroq yoza olishiga bir bor amin bo’lamiz.

Hech boʻlmasa “Qish shamollari”ni kutayotganlar uchun ayni muddao:)

@panda_books
  • ❤ 5
Post #7722 589
Bugun narsalarim orasidan topvoldim🥹

Londonda bemalol ertadan-kechgacha borib dars tayyorlaydigan, Oruell oʻzining Muhabbat Vazirligini yaratgan Kutubxonam edi.

London Universiteti talabasi boʻlmaslik muammo emas, har kirishda toʻlov qilsangiz boʻldi edi.

Ehh, oʻshal vaqtlar birpasda oʻtib ketdiya…

@panda_books
  • 💔 16
  • ❤ 5
  • 🔥 1
Post #7721 554
Iqtisodchi Kundaligi Yangi universitetlar qurilayotgani yaxshi. Lekin hammasida zabor, panjara bor. Yaxshi universitetlar panjarasiz bo'ladi. Shakl muhim emas deymizku, lekin bunday narsaga ahamiyat berar ekanman. Universitetlarda zabor bo’lmasligi kerak.
Barcha yaxshi universitetlar bir-biriga oʻxshash, barcha yomon universitetlar oʻzicha baxtsizdir:)

@panda_books
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #7720 552
Iqtisodchi Kundaligi Yangi universitetlar qurilayotgani yaxshi. Lekin hammasida zabor, panjara bor. Yaxshi universitetlar panjarasiz bo'ladi. Shakl muhim emas deymizku, lekin bunday narsaga ahamiyat berar ekanman. Universitetlarda zabor bo’lmasligi kerak.
Nafaqat yaxshi universitetlar, balki barcha Yaxshi joylarda oʻzi zabor kam bo’ladi:)
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #7718 895
“Kredit boʻlmasa, tun ham goʻzal aslida.”

- Yuk mashinadagi yozuv

@panda_books
  • 😁 35
  • 💯 8
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #7717 1.74K
#longread

30

30 yosh. Yoʻq, darhol qandaydir ekzistensial krizisdan gap boshlamang.

Bolaligimizdan ongimizga shunday bir qolipni singdirishgan: o‘ttiz yoshgacha sen karyera qilishing, shaxsiy uying, oilang, dofiga davlatga borib kelishing va bankda aqchang bo‘lishi shart. Mabodo bularni to‘liq qilmagan bo‘lsang — tamom, «luzersan».

Ammo bu kalendardagi oddiy sana, xolos. Yana bir gap, o‘ttiz yosh — inson hayotidagi eng zo‘r davr.

30 yosh — bu qarilik emas. Toʻgʻri yoshlik ham emas, ammo, o‘smirlarga xos tentaklik yoki shoshqaloqlik ham yoʻqolib, sof tafakkur ishga tushadigan palla.

20 yoshingda kimgadir nimanidir isbotlashga urinib tipirchilaysan. Vaqtingni toksik tanishlarga sarflaysan, shubhali joylarda vaqt o‘tkazasan, odamlar nima deydi deb qayg‘urasan va hayot — ertaga cheksiz marta Restart qilsa boʻladigan oʻyin ekaniga ishonasan.

30 yoshda anglab yetasanki, training season over. Va bu — fojia emas, balki ozodlikdir.

Xo‘sh, 30 yoshni aslida qanday nishonlash kerak?

30 yoshda qilinishi mumkin bo‘lgan eng ahmoqona ish — bu kimgadir hayotingiz naqadar zo‘r ekanini ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan xo‘jako‘rsin shou uyushtirish. Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashiga mutlaqo parvo qilmay qo‘yganingizda yangi davr boshlanadi.

30 yoshda sen o‘z vaqtingning qadrini aniq tushunib yetasan. Boshqalarning bo‘sha gurunglarini eshitishni, diqqatni bo‘g‘uvchi davralarda o‘tirishni va «odob yuzasidan» aloqalarni ushlab turishni ortiq xohlamaysan. 30 yoshni nishonlash — bu bitta stol atrofida, yonida «muvaffaqiyatli inson»ning soxta niqobini taqishga hojat bo‘lmagan o‘sha uch-to‘rt kishinigina jamlash demakdir.

Ha, organizm endi bedor tunlar va duch kelgan fastfudni kechirmaydi. Kechagi o‘tirishlarning xumori endi ikki kun davom etadi, belingiz esa tuzukroq matras talab qila boshlaydi. Va bu — o‘zingizga nisbatan o‘lmas Avatardek munosabatda bo‘lishni to‘xtatib, nihoyat o‘zingizni hurmat qilishni boshlash uchun ajoyib sabab ham.

30 yoshda senda allaqachon muvaffaqiyatsizliklar, chilparchin bo‘lgan xomxayollar va xatolar tajribasi bor bo‘ladi. Harakat qilib, oʻxshamagani bu hali magʻlubiyat emasligini anglaysan. Yana 20 yoshda bo‘lmagan bir narsa — qat’iy qarorlar qabul qilish hamda taqdirdan yosh bolalarcha arazlamay, ko‘z yosh to‘kmay turib bu qarorlar uchun javobgarlikni bo‘yniga olish qobiliyati paydo bo‘ladi.

O‘ttiz yoshni salyutlar bilan «nishonlash» shart emas. O‘ttiz yoshga qadam qo‘yishning asl marosimi — o‘zingizga yaxshi bir ichimlik quyish, achchiqroq qahva damlash, haqiqatan ham yaqin insonlaringizni bag‘ringizga bosish, hayotingizga pushti ko‘zoynaksiz boqib, o‘zingizga ochiqchasiga:

«Bolalik tugadi. Endi eng qizig‘i boshlanadi», deb ayta olishdir.

HBD to yoouuu A-A-A!

@panda_books
  • ❤ 8
  • 🔥 7
  • 👏 3
Post #7716 969
Bizda O‘qishni qanchalik xushlamasliklarini hisobga olsak, jamiyatning savodxonlik darajasi hayratlanarli darajada yaxshi:)

@panda_books
  • 🤣 22
  • 👍 12
  • 😁 2
  • ❤ 1
  • 😢 1
  • 🌚 1
Post #7715 1.12K
Inson ma’lum bir davrga yetgach, oldida ikkita tanlov qoladi: yo yigʻgan bilim-ilmlarini oʻzida saqlash, yo boshqalar bilan ulashish. Davr deganda men yoshni nazarda tutmayapman, zero yosh boʻlib ham katta ilm egasi boʻlish mumkin.

Ustozlik insoniyatdagi eng muhim, mustahkam rishtalardan birinchisidir. Bu zamon va makondan tashqari, yuz yillar oʻtib, minglab chaqirim naridagi inson siz qoldirgan bilimlardan foydalanishi mumkin. Ustoz, Murabbiylikni men shunday tushunaman.

Men ham qachondir Ustoz boʻlishni oʻylayman. Balki Toshkentning qoq markazidagi topoviy universtitetda auditoriyalarni toʻldirib leksiya oʻqirman, balki olis bir qishloqning oddiy bir maktabida chuldirab yotgan bolalarni ogʻzimga qaratib, qilgan sayohatlarim haqida soʻzlab, ularni katta orzular qilishga undarman. Shu kanal ham oʻzi shu uchun ochilganku, muloqot qilish, oʻrganish va oʻrgatish uchun..

Ustoz va murabbiylik uzoq, mashaqqatli va ishi ogʻri kasblardan biri. Shu bilan birga eng savobli ishlardan biri ham.

Ustozlar(im)! sizlarni bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman!

@panda_books
  • ❤ 11
  • 🔥 7
  • 👍 2
  • 🌚 1
Post #7713 981
#news

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan adiblar qatoriga kirdi.

Bu haqda “Literary Hub” xabar berdi. Bu rasmiy Nobel akademiyasi xabari emas, ko'proq tahminga o'xshash narsa.

Hamid Ismoilov 1954-yil 5-may kuni Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. U 1992-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga ketgan va BBC Jahon xizmatida 25-yil faoliyat yuritgan.

Yozuvchining asarlari o‘zbek, rus, fransuz, nemis, turk va boshqa tillarda nashr etilgan. U o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga, jahon adabiyoti asarlarini esa o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ismoilovning “Jinlar bazmi” romani 2018-yilda ingliz tilida nashr etilgan. Asar 2019-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining EBRD Adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.

@panda_books
  • 👏 12
  • ❤ 3
Post #7712 1.08K
Ishdan kelsam, xonada oʻyinchoqlar sochilib yotibdi.

Keyin har bir intizomli va qattiqqoʻl ota sifatida barchasini bolalarning oʻzlariga yigʻdirdim. Oxirida kichkina oʻgʻilcham oʻyinchoq toʻla paketni koʻtarib, joyiga olib bormoqchi boʻldi. Ammo kuchi yetmadi. Shunda kattasi kelib, “men kuchliman” deb paketni bittada koʻtardi. Keyin menga qarab: “Dada qarang, men koʻtardim!” deb maqtanishni boshladi.

Bu orada esa kichkinam paketni sudragancha joyiga olib ketardi.

@panda_books
  • 😁 36
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
Post #7709 1K
#news

Shaxmat olimpiadasi chempionlarimiz faxriy unvon va Prezident sovg‘asi sifatida ularga Volkswagen avtomobili, kottej (uy) va 200 ming AQSH dollari sovg‘a qilinibdi.

👏👏👏
  • 👍 13
  • ❤ 3
  • 😱 3
Post #7708 996
Panda Books “Sharq, ma’lum ma’noda, Yevropa tasavvurining mahsuli edi. Asrlar davomida u romantika, sirli xotiralar, ekzotik manzaralar va g‘ayrioddiy sarguzashtlar maskani sifatida gavdalantirildi”. Edvard Said, “Orientalizm” (1978)
Oyinada qiziq maqolalar muntazam chiqib turadi.

https://oyina.uz/uz/article/4916
Post #7707 978
“Sharq, ma’lum ma’noda, Yevropa tasavvurining mahsuli edi. Asrlar davomida u romantika, sirli xotiralar, ekzotik manzaralar va g‘ayrioddiy sarguzashtlar maskani sifatida gavdalantirildi”.

Edvard Said, “Orientalizm” (1978)
  • ❤ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @panda_books without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Panda Books: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Panda Books have?
Panda Books (@panda_books) has 5.12K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Panda Books know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →