Inson ma’lum bir davrga yetgach, oldida ikkita tanlov qoladi: yo yigʻgan bilim-ilmlarini oʻzida saqlash, yo boshqalar bilan ulashish. Davr deganda men yoshni nazarda tutmayapman, zero yosh boʻlib ham katta ilm egasi boʻlish mumkin.
Ustozlik insoniyatdagi eng muhim, mustahkam rishtalardan birinchisidir. Bu zamon va makondan tashqari, yuz yillar oʻtib, minglab chaqirim naridagi inson siz qoldirgan bilimlardan foydalanishi mumkin. Ustoz, Murabbiylikni men shunday tushunaman.
Men ham qachondir Ustoz boʻlishni oʻylayman. Balki Toshkentning qoq markazidagi topoviy universtitetda auditoriyalarni toʻldirib leksiya oʻqirman, balki olis bir qishloqning oddiy bir maktabida chuldirab yotgan bolalarni ogʻzimga qaratib, qilgan sayohatlarim haqida soʻzlab, ularni katta orzular qilishga undarman. Shu kanal ham oʻzi shu uchun ochilganku, muloqot qilish, oʻrganish va oʻrgatish uchun..
Ustoz va murabbiylik uzoq, mashaqqatli va ishi ogʻri kasblardan biri. Shu bilan birga eng savobli ishlardan biri ham.
Ustozlar(im)! sizlarni bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman!
@panda_books
Post #7715
1.14K
- ❤ 11
- 🔥 7
- 👍 2
- 🌚 1