#review #taqriz
📓Jorj R. R. Martin — “Sirli ritsar”
Shu bilan Ser Dunkan Uzun va uning qurolbardori Egg haqidagi qissalar turkumini tugatdim.
Uchinchi hikoyaga kelib Martin yana tanish maskanlarga - ritsarlik turnirlari va sirli saroy fitnalariga bizni olib qaytadi. Bu bilan men Martinni g’oyalar kambagʻalligida ayblamoqchi emasman, zero ritsarlar haqida hikoya yozib, unda turnirlarni yozmaslik, ko’pkari chavandoz haqida hikoyada uni otga minmagan holda tasvirlash bilan bir xil (a tak hikoyaga yaxshi ideya)
Bu safar Martin syujet burilishlariga ancha boy va a-lya “Taxtlar oʻyini” uslubidagi qissa yozgan. Unda Dunkan va Egg kutilmaganda yana ritsarlik turnirida paydo boʻlib qolishadi va boshlanajak Targariyenlar xonadonidagi yangi fitnalarga duch kelishadi.
Martinning yozish uslubi ajoyib. U tavtologiya, sarkazm va biroz yumor orqali ham voqealarni ancha jonli va samimiy koʻrsata oladi, voqealar va joylar tasvirini haqqoniy tasvirlay oladi va umuman sodda va ravon yozadi.
Umuman olganda, ashaddiy GoTchi va Martinchi bo’lgan shinavandalar uchun Must Read kitob. Unda biz nihoyat Martinni boshqacha, oddiyroq va hatto yaxshiroq yoza olishiga bir bor amin bo’lamiz.
Hech boʻlmasa “Qish shamollari”ni kutayotganlar uchun ayni muddao:)
@panda_books
Post #7723
567