TGViewer
Panda Books Panda Books @panda_books · 5.12K subscribers
Post #7713 988
#news

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan adiblar qatoriga kirdi.

Bu haqda “Literary Hub” xabar berdi. Bu rasmiy Nobel akademiyasi xabari emas, ko'proq tahminga o'xshash narsa.

Hamid Ismoilov 1954-yil 5-may kuni Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. U 1992-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga ketgan va BBC Jahon xizmatida 25-yil faoliyat yuritgan.

Yozuvchining asarlari o‘zbek, rus, fransuz, nemis, turk va boshqa tillarda nashr etilgan. U o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga, jahon adabiyoti asarlarini esa o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ismoilovning “Jinlar bazmi” romani 2018-yilda ingliz tilida nashr etilgan. Asar 2019-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining EBRD Adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.

@panda_books
  • 👏 12
  • ❤ 3
More from @panda_books
  1. Oct 8, 2026#newbook #yangikitob Va NIHOYATTT! Ruslarda adib romanchiligi haqida “Dostoyevskiyning Buy…
  2. Oct 8, 2026#meme Buyam aktual @panda_books
  3. Oct 8, 2026#meme Shu memim yana aktual:) @panda_books
  4. Oct 8, 2026Kanadalik yozuvchi Enn Karson 2026-yilgi Nobel mukofotining adabiyot yoʻnalishida g‘olib b…
  5. Oct 7, 2026​​#review #taqriz 📓Jorj R. R. Martin — “Sirli ritsar” Shu bilan Ser Dunkan Uzun va uning…
  6. Oct 6, 2026Bugun narsalarim orasidan topvoldim🥹 Londonda bemalol ertadan-kechgacha borib dars tayyor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →