TGViewer
Panda Books Panda Books @panda_books · 5.12K subscribers
Post #7717 1.78K
#longread

30

30 yosh. Yoʻq, darhol qandaydir ekzistensial krizisdan gap boshlamang.

Bolaligimizdan ongimizga shunday bir qolipni singdirishgan: o‘ttiz yoshgacha sen karyera qilishing, shaxsiy uying, oilang, dofiga davlatga borib kelishing va bankda aqchang bo‘lishi shart. Mabodo bularni to‘liq qilmagan bo‘lsang — tamom, «luzersan».

Ammo bu kalendardagi oddiy sana, xolos. Yana bir gap, o‘ttiz yosh — inson hayotidagi eng zo‘r davr.

30 yosh — bu qarilik emas. Toʻgʻri yoshlik ham emas, ammo, o‘smirlarga xos tentaklik yoki shoshqaloqlik ham yoʻqolib, sof tafakkur ishga tushadigan palla.

20 yoshingda kimgadir nimanidir isbotlashga urinib tipirchilaysan. Vaqtingni toksik tanishlarga sarflaysan, shubhali joylarda vaqt o‘tkazasan, odamlar nima deydi deb qayg‘urasan va hayot — ertaga cheksiz marta Restart qilsa boʻladigan oʻyin ekaniga ishonasan.

30 yoshda anglab yetasanki, training season over. Va bu — fojia emas, balki ozodlikdir.

Xo‘sh, 30 yoshni aslida qanday nishonlash kerak?

30 yoshda qilinishi mumkin bo‘lgan eng ahmoqona ish — bu kimgadir hayotingiz naqadar zo‘r ekanini ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan xo‘jako‘rsin shou uyushtirish. Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashiga mutlaqo parvo qilmay qo‘yganingizda yangi davr boshlanadi.

30 yoshda sen o‘z vaqtingning qadrini aniq tushunib yetasan. Boshqalarning bo‘sha gurunglarini eshitishni, diqqatni bo‘g‘uvchi davralarda o‘tirishni va «odob yuzasidan» aloqalarni ushlab turishni ortiq xohlamaysan. 30 yoshni nishonlash — bu bitta stol atrofida, yonida «muvaffaqiyatli inson»ning soxta niqobini taqishga hojat bo‘lmagan o‘sha uch-to‘rt kishinigina jamlash demakdir.

Ha, organizm endi bedor tunlar va duch kelgan fastfudni kechirmaydi. Kechagi o‘tirishlarning xumori endi ikki kun davom etadi, belingiz esa tuzukroq matras talab qila boshlaydi. Va bu — o‘zingizga nisbatan o‘lmas Avatardek munosabatda bo‘lishni to‘xtatib, nihoyat o‘zingizni hurmat qilishni boshlash uchun ajoyib sabab ham.

30 yoshda senda allaqachon muvaffaqiyatsizliklar, chilparchin bo‘lgan xomxayollar va xatolar tajribasi bor bo‘ladi. Harakat qilib, oʻxshamagani bu hali magʻlubiyat emasligini anglaysan. Yana 20 yoshda bo‘lmagan bir narsa — qat’iy qarorlar qabul qilish hamda taqdirdan yosh bolalarcha arazlamay, ko‘z yosh to‘kmay turib bu qarorlar uchun javobgarlikni bo‘yniga olish qobiliyati paydo bo‘ladi.

O‘ttiz yoshni salyutlar bilan «nishonlash» shart emas. O‘ttiz yoshga qadam qo‘yishning asl marosimi — o‘zingizga yaxshi bir ichimlik quyish, achchiqroq qahva damlash, haqiqatan ham yaqin insonlaringizni bag‘ringizga bosish, hayotingizga pushti ko‘zoynaksiz boqib, o‘zingizga ochiqchasiga:

«Bolalik tugadi. Endi eng qizig‘i boshlanadi», deb ayta olishdir.

HBD to yoouuu A-A-A!

@panda_books
  • ❤ 8
  • 🔥 7
  • 👏 3
More from @panda_books
  1. Oct 8, 2026#newbook #yangikitob Va NIHOYATTT! Ruslarda adib romanchiligi haqida “Dostoyevskiyning Buy…
  2. Oct 8, 2026#meme Buyam aktual @panda_books
  3. Oct 8, 2026#meme Shu memim yana aktual:) @panda_books
  4. Oct 8, 2026Kanadalik yozuvchi Enn Karson 2026-yilgi Nobel mukofotining adabiyot yoʻnalishida g‘olib b…
  5. Oct 7, 2026​​#review #taqriz 📓Jorj R. R. Martin — “Sirli ritsar” Shu bilan Ser Dunkan Uzun va uning…
  6. Oct 6, 2026Bugun narsalarim orasidan topvoldim🥹 Londonda bemalol ertadan-kechgacha borib dars tayyor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →