TGViewer
Channel Public Channel
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff

Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff

@boredpandablog

⛵️Digital Odyssey.

Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar)

Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff
Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff
hamkorlik: @boredpandauzbot
Subscribers
1.94K
Photos
4.7K
Videos
2.1K
Links
2K
Recent Posts 20 shown
Post #12875 251
​​#review

“Coraline”, (2008)

Anchadan beri koʻraman deb yurganim horror multfilm. Asosan yosh auditoriyaga moʻljallangan boʻlsa-da, yoshi katta odam ham bemalol koʻrishi mumkin.

Bu albatta “Alisa Moʻjizalar mamlakati” konsepsiyaga taqlid, shundanmi ba’zi oʻxshatishlar juda tanish. Masalan, Cheshir mushugi.. ammo asosiy masala bunda emas.

Bola nima xohlaydi? Albatta, ota-onasi u bilan vaqt oʻtkazishlarini, oʻynashlarini. Lekin hamisha ham bunday boʻlavermaydi. Xuddi Coraline ota-onasiga oʻxshab. Ular doim juda band va hech qachon u bilan oʻynashga vaqtlari yoʻq. Yana ustiga-ustak daydi itam topolmaydigan joylarga koʻchib kelishdi. +g’alati qoʻshnilar.

Shunda sirli narsa yuz beradi. Coralinega kutilmaganda Voodoo qoʻgʻirchogʻi sovgʻa qilishadi. U orqali u sirli eshik-portal orqali alternativ reallikka tushib qoladi. U yerda ham uning Boshqa Onasi bor. U mehribon, mazali ovqatlar pishirib beradi, Boshqa Otasi esa u bilan oʻynaydi, vaqt oʻtkazadi. Faqat ular sal gʻalati: koʻz oʻrnida qora tugmacha…

Asar mohiyati tushunish oson: biz hech qachon ideal munosabatlarga ega boʻlmasligimiz, har doim biz istagandek hayot kechirmasligimiz mumkin. Qoʻshnining maysasi doim yashilroq koʻrinadi deyishadiku. Lekin ba’zan goʻzal va yaltiroq hayot ortida dahshatlar va baxtsizlik yashirinib yotishi mumkin.

Coraline baribir yaxshi va qiziq horror stilidagi animatsiya boʻlib qoladi. Tavsiya qilaman.

@boredpandablog
  • 👍 5
Post #12874 267
#kinonews

Siz "Barbi", "Dyuna" va boshqa filmlar muqaddimasida ko‘rgan afsonaviy Warner Bros. suv minorasi endi avvalgidek bo‘lmaydi

Endilikda kinostudiya logotipi ostida "A Skydance Corporation" degan yozuv paydo bo‘ldi. Bu yozuv Paramount kompaniyasining Warner Bros. Discovery’ni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlaganidan so‘ng kiritildi. Birlashgan kompaniyaning o‘zi esa aynan Skydance nomini oldi.

Ushbu ikki studiyadan tashqari, uning tarkibiga CBS News va CNN telekanallari, Paramount+ hamda tez orada, masalan, "Garri Potter" seriali chiqishi kutilayotgan HBO Max striming xizmatlari kiradi. Bitim qiymati 110 milliard dollarni tashkil etdi. Uning shartlariga ko‘ra, Skydance shuningdek, Warner Bros.’ning qariyb 80 milliard dollar miqdoridagi qarzlarini ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

12 ta shtatning bosh prokurorlari bitimni to‘xtatib qolishga urindi.

@boredpandablog
Post #12872 452
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff Centrum Air’ga yaxshi, diplomli PRmen kerak ekan. Ayni krizis-menejment boʻyicha) Meni tavsiya qivorsin kimdur😎 @boredpandablog
Uyogʻi endi rostan PR menejer boʻlganimdan keyin yoziladi😁
  • 😁 10
Post #12871 454
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff Centrum Air’ga yaxshi, diplomli PRmen kerak ekan. Ayni krizis-menejment boʻyicha) Meni tavsiya qivorsin kimdur😎 @boredpandablog
Oldin:
— vnimanie passajari, k sojeleniyu nash reys opazdivaet. Prinosim izvineneniye za neudobstv.

Men kelgach:
— Aziz, yoʻlovchilar!
Intizorlik va mushtoqlik bilan koʻnglingiz orziqib kutayotgan navbatdagi reysimiz ming taassufki, kutilmagan juziy sabablarga koʻra ozgina ushlanib qolmoqda. Biz sizni oʻz manzilingizga oʻz vaqtida yetkazish astoydil harakat qilmoqdamiz! Ammo xuddi Aeroport bizning uchqur samolyotlarimizni oʻz bagʻridan qoʻyib yuborgisi kelmayotgandek:)
Yangiliklar boʻlishi bilan darhol sizga yetkazib turamiz! Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!
  • 😁 7
  • 🕊 2
Post #12870 474
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff Centrum Air’ga yaxshi, diplomli PRmen kerak ekan. Ayni krizis-menejment boʻyicha) Meni tavsiya qivorsin kimdur😎 @boredpandablog
Styuardessalar:
Oldin
— Ne ponimayu uzbekskiy, govorite po russki!

Men kelgach:
— Uchoq Girgittoni xizmatingizga muntazirman, afandim! Koʻnglingiz nima tusayotir? Saraton yozidek issiq koʻk choymi yoki qahraton qishdagi qor uchqunidek muzdek ays-ti?
  • 🤣 25
  • 👍 2
  • 😁 1
Post #12869 468
Centrum Air’ga yaxshi, diplomli PRmen kerak ekan. Ayni krizis-menejment boʻyicha)

Meni tavsiya qivorsin kimdur😎

@boredpandablog
  • 🔥 7
  • 👍 2
Post #12868 504
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff Siz Vaqtida biror joydan/mansabdan/egallagan mavqeyizdan/ishdan keta olaman deb oʻylaysizmi? Vaqtida ketishga kuchim yetadi deb hisoblaysizmi?
Messi: Ha.
  • ❤ 14
  • 😢 2
Post #12863 514
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff #kinonews Mett Rivzning ikkinchi “Betmen” filmi suratga olinayotgan Glazgo ko‘chalarida paydo bo‘lgan betmobilning yangi suratlari e’lon qilindi. @boredpandablog
#kinonews

Noxush xabar: Mett Rivzning «Betmen-2» filmini suratga olish ishlari to‘xtab qoldi

Deadline nashrining yozishicha, rejissyor hozircha «shaxsiy sabablarga ko‘ra» ishni davom ettira olmaydi.

DC bayonotida aytilishicha, Rivz ayni paytda «oilaviy masalalar» bilan band. Studiya uni «har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda» va tez orada film ishlab chiqarish jarayonini qayta tiklashga umid bildirmoqda.

Avval ham bir marta qoldirilgan premyera sanasi yana o‘zgaradimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum. Rejaga ko‘ra, kartina 2028-yil 18-fevralda katta ekranlarga chiqishi kerak.

@boredpandablog
  • 😢 2
  • 🐳 2
Post #12862 508
#premyera

Sun’iy intellekt haqida “Artificial” filmi chiqibdi. Qiziq.

@boredpandablog
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #12860 587
#kinonews

"Ayyor Koyot"ning debyut dam olish kunlaridagi kassa tushumlari "Digger"nikidan yuqoriroq bo‘ldi (Inyarritu filmidan uch baravar kam byudjet bilan)

Taqdir hazilini qarangki: Warner Bros. kinostudiyasi rahbariyati birinchi filmni kamida javonga olib qo‘ymoqchi, ko‘pi bilan esa butunlay yo‘q qilib tashlamoqchi edi. Va oxir-oqibat, huquqlarni unchalik mashhur bo‘lmagan kompaniyaga sotib yubordi. "Koyot" esa prokatda hozirgacha $100 million dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi.

Ikkinchi filmga esa WB ulkan ishlab chiqarish va reklama byudjetlarini ajratdi hamda Gollivudning eng kassabop kino yulduzlaridan birini bosh rolga taklif qilib, uni Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan kinoijodkorlar bilan o‘rab oldi.

Ammo bu yordam bermadi.

@boredpandablog
  • 😁 8
  • ❤ 2
Post #12859 597
Ukraina-Rossiya urushining Yaqin Sharq urushlaridan allaqachon sira farqi qolmadi.

Bu toʻliq masshtabli urush frontlari, artilleriyadan sekin fuqarolik, logistika va transport bazalariga hujum kabi, “dushmanni gijgijlash, xalqni qoʻrqitish va nafratni kuchaytirish” kabi ishlarga oʻtib ketdi.

Mohiyati shundaki, oddiy odamlar 200K turadigan bitta tank yo’q qilingandan koʻra, 5K turadigan dron urib tushirilgandan koʻproq xursand boʻladi.

Urushlar ham maydalashib, uylarga yaqinlashib kelmoqda.

@boredpandablog
  • 💔 5
  • 💯 2
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
Post #12858 667
#kinonews

Muxlislar HBO‘ning yangi serialida Gari Oldmanning o‘g‘lini Sirius Blek roliga olinishini talab qilishmoqda

«Garri Potter» muxlislari mashhur otasining yoshligiga juda o‘xshaydigan va xuddi shunday isyonkor xarizmaga ega bo‘lgan model va aktyor Charli Oldmanni faol ravishda ilgari surishmoqda.

Aktyorlar o‘z qahramonlaridan ancha yoshi ulug‘ bo‘lgan filmdan farqli o‘laroq, Charlining yoshi kitob kanoniga mukammal mos keladi: Azkabandan qochgan paytida Sirius taxminan 33 yoshda bo‘lgan.

Muxlislar uchun bunday kasting avlodlar davomiyligining go‘zal ramzi bo‘lar edi desam haqiqat boʻladi.

@boredpandablog
  • ❤ 10
  • 👍 3
Post #12857 652
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff #haqida Ishonch Yosh bolachani koʻtarib koʻchaga chiqqan erkak 99% ayollarda avtomatik ishonch paydo qiladi shekilli. Sababini bilmayman. Lekin hatto boʻydoqligimning praym davrimda ham ayol-qizlardan buncha attention koʻrmagan edim:) @boredpandablog
Ha, bu post ayolim tomonidan senzuraga uchraydi, va bundan keyin meni oʻzimni chaqaloq bilan koʻchaga aylanishga chiqarmay qoʻyadi🤣
  • 😁 15
Post #12856 667
#haqida

Ishonch

Yosh bolachani koʻtarib koʻchaga chiqqan erkak 99% ayollarda avtomatik ishonch paydo qiladi shekilli. Sababini bilmayman.

Lekin hatto boʻydoqligimning praym davrimda ham ayol-qizlardan buncha attention koʻrmagan edim:)

@boredpandablog
  • 😁 19
Older posts →

About this channel

How can I read @boredpandablog without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff have?
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff (@boredpandablog) has 1.94K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →