TGViewer
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff @boredpandablog · 1.94K subscribers
Post #12874 417
#kinonews

Siz "Barbi", "Dyuna" va boshqa filmlar muqaddimasida ko‘rgan afsonaviy Warner Bros. suv minorasi endi avvalgidek bo‘lmaydi

Endilikda kinostudiya logotipi ostida "A Skydance Corporation" degan yozuv paydo bo‘ldi. Bu yozuv Paramount kompaniyasining Warner Bros. Discovery’ni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlaganidan so‘ng kiritildi. Birlashgan kompaniyaning o‘zi esa aynan Skydance nomini oldi.

Ushbu ikki studiyadan tashqari, uning tarkibiga CBS News va CNN telekanallari, Paramount+ hamda tez orada, masalan, "Garri Potter" seriali chiqishi kutilayotgan HBO Max striming xizmatlari kiradi. Bitim qiymati 110 milliard dollarni tashkil etdi. Uning shartlariga ko‘ra, Skydance shuningdek, Warner Bros.’ning qariyb 80 milliard dollar miqdoridagi qarzlarini ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

12 ta shtatning bosh prokurorlari bitimni to‘xtatib qolishga urindi.

@boredpandablog
  • 👍 2
More from @boredpandablog
  1. Oct 9, 2026#news Sidni Suini va Merilin Monro bir-biriga to‘qqizinchi amakivachcha boʻlib chiqdi Buni…
  2. Oct 9, 2026Anaqa, Metroda $10K tushirib qoʻygan MrBeast edi.
  3. Oct 9, 2026MrBeastni koʻramizmi?
  4. Oct 9, 2026G-gyuzallik!
  5. Oct 8, 2026​​#review “Coraline”, (2008) Anchadan beri koʻraman deb yurganim horror multfilm. Asosan y…
  6. Oct 8, 2026Londonga oʻqishga ketganiga 3 kun boʻlgan seni dyusting: @boredpandablog
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →