#review
“Coraline”, (2008)
Anchadan beri koʻraman deb yurganim horror multfilm. Asosan yosh auditoriyaga moʻljallangan boʻlsa-da, yoshi katta odam ham bemalol koʻrishi mumkin.
Bu albatta “Alisa Moʻjizalar mamlakati” konsepsiyaga taqlid, shundanmi ba’zi oʻxshatishlar juda tanish. Masalan, Cheshir mushugi.. ammo asosiy masala bunda emas.
Bola nima xohlaydi? Albatta, ota-onasi u bilan vaqt oʻtkazishlarini, oʻynashlarini. Lekin hamisha ham bunday boʻlavermaydi. Xuddi Coraline ota-onasiga oʻxshab. Ular doim juda band va hech qachon u bilan oʻynashga vaqtlari yoʻq. Yana ustiga-ustak daydi itam topolmaydigan joylarga koʻchib kelishdi. +g’alati qoʻshnilar.
Shunda sirli narsa yuz beradi. Coralinega kutilmaganda Voodoo qoʻgʻirchogʻi sovgʻa qilishadi. U orqali u sirli eshik-portal orqali alternativ reallikka tushib qoladi. U yerda ham uning Boshqa Onasi bor. U mehribon, mazali ovqatlar pishirib beradi, Boshqa Otasi esa u bilan oʻynaydi, vaqt oʻtkazadi. Faqat ular sal gʻalati: koʻz oʻrnida qora tugmacha…
Asar mohiyati tushunish oson: biz hech qachon ideal munosabatlarga ega boʻlmasligimiz, har doim biz istagandek hayot kechirmasligimiz mumkin. Qoʻshnining maysasi doim yashilroq koʻrinadi deyishadiku. Lekin ba’zan goʻzal va yaltiroq hayot ortida dahshatlar va baxtsizlik yashirinib yotishi mumkin.
Coraline baribir yaxshi va qiziq horror stilidagi animatsiya boʻlib qoladi. Tavsiya qilaman.
@boredpandablog
Post #12875
352
- 👍 6