TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #450 3.87K
Nechta doʻstim boʻlishi kerak?

Bir kishi mashhur donishmandning huzuriga kelib, undan soʻrabdi:

– Ustoz, sizdan bir narsani bilib olmoqchi edim. Odamning nechta doʻsti boʻlishi kerak? “Yuz tillang boʻlmasin, yuzta doʻsting boʻlsin” degan maqolni eshitib qoldim. Lekin agar ataylab doʻst qidiradigan boʻlsam, ishlarim oʻngidan kelishiga ishonmayman. Axir qarshingdagi odam aslida qanaqaligini bilib boʻlmaydi.

Bundan tashqari, u chinakam doʻst boʻlishga loyiqmi-yoʻqmi – buni ham oldindan aytish qiyin. Uning ustiga, oʻzimning ham boshqalarga qay darajada doʻst boʻla olishim aniq emas…

– Savolingga javob beraman, toʻgʻrirogʻi, javobni oʻzing topasan, – debdi donishmand. – Huv anavi olma daraxtini koʻryapsanmi? U dunyodagi eng baland olma ogʻochlaridan biri. Borib oʻsha daraxtning eng uchidagi mevalardan menga terib kel.

Odam oʻsha tarafga qarab, daraxtning yuksak shoxlarida tovlanib turgan olmalarni koʻribdi va:

– Lekin, taqsir, daraxt haqiqatan ham juda baland ekan. Mevalarni qanday qilib uza olaman? – debdi.

– Birorta doʻstingni chaqir, birgalashib olarsizlar, – deb yoʻl-yoʻriq koʻrsatibdi donishmand.

Haligi kishi bir doʻstini topib kelibdi. Oʻrtogʻi uning yelkasiga chiqibdi, lekin mevalarga qoʻli yetmabdi. Orada hali anchagina masofa bor ekan.

– Yoʻq, bunaqada hech narsaga erishib boʻlmaydi, – debdi asabiylashib doʻst izlovchi.

– Nima balo, boshqa umuman doʻsting yoʻqmi? – debdi kulib donishmand.

Boyoqish boshqa doʻstlarini ham chaqirib, ancha-muncha odam yigʻibdi. Ular bir-birlarining yelkalariga mingancha, terlab-pishib yuqoriga intilishibdi… Biroq bu jonli havoza olmagacha yetib bormabdi, holdan toygan odamlarning oyoqlari ham toyibdi, hamma yerga gursillab tushibdi.

Bu ishlarni kuzatib turgan donishmand haligi kishini yoniga chaqiribdi va soʻrabdi:

– Odamga nechta haqiqiy doʻst kerakligini tushungandirsan?

– Ha, taqsir, tushundim, – debdi u lat yegan yelkasini uqalagancha. – Juda koʻp doʻst kerak ekan. Koʻpdan quyon qochib qutulmaydi. Har qanday muammoni koʻplashib hal qilish mumkin.

Donishmand afsus bilan bosh chayqabdi:

– Toʻgʻri, doʻstlarning koʻp boʻlgani yaxshi. Lekin miyasiga narvon olib kelish fikri keladigan bittagina farosatli doʻsting boʻlsa, undan-da yaxshi.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Ustoz – usta degani Ustoz soʻzi tilimizga forschadan oʻtgan. U usta soʻzi bilan oʻzakdosh. Asliyatda muallim, usta maʼnolari ishlatiladigan bu soʻz oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi: 1️⃣ Kasb, hunar, ilm va shu kabilarni oʻrgatuvchi; oʻqituvchi, muallim.…
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →