Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar
Yirik sunʼiy intellekt (SI) modellari oʻzbek tilidagi matnlarni ingliz yoki rus tili orqali oʻgiryapti. Oqibatda tilimizning semantik jozibasi, yashirin maʼnolari va oʻzbekona ohangi yoʻqolyapti.
Masalan, SI inglizchadagi walk feʼlini doim yurmoq deb tarjima qiladi. Vaholanki, oʻzbek tilida uning kezmoq, tentiramoq, odimlamoq kabi oʻnlab muqobillari bor. Mashina bu maʼno tovlanishlarini ilgʻamaydi va ruhan begona “tarjima tili”ni yuzaga keltiryapti.
Filologiya fanlari doktori Sabohat Qahharovaga koʻra muammo yechimi – oʻzbek tilining milliy korpusini boyitish va leksik birliklarning tezaurus modellarini yaratishdir. Soʻzlarning maʼnodoshlik va mantiqiy aloqalari matematik modellashtirilib, SI bazasiga kiritilishi zarur.
👉 Maqolani oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #4914
1.65K
- 🔥 22
- ⚡ 3