Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato?
Adabiy agent Jessika Berg “Writerʼs Digest” nashridagi maqolasida toʻqqiz yildan beri bitta qoʻlyozmani tahrir qilayotgan muallif haqida yozadi. Mutaxassisning fikricha, bitta asar ustida yillab ishlash ijodkorni oʻstirmaydi, aksincha, uni orqaga tortadi.
Agar yozuvchida faqat bitta kitob boʻlsa, u shu asardan oʻzining butun faoliyatini yaratishni kutadi. Natijada har qanday rad javobi yozuvchining butun umriga berilgan bahodek ogʻir tuyuladi. Yillar oʻtgani sayin muallif asarni tahrir qilish oʻrniga uni asrashga, himoya qilishga oʻtib qoladi.
Masalan, Madlin Martin oʻzining eng mashhur asari – “The Last Bookshop in London” (“Londondagi soʻnggi kitob doʻkoni”) bestselleridan oldin sakkizta roman yozgan edi. Ushbu amaliyot unga muddatga rioya qilishni, bitta asarni tugatib, darhol keyingisiga oʻtishni oʻrgatgan.
Yozuvchilik faoliyati bitta emas, koʻplab kitoblar yozish orqali shakllanadi. Shuning uchun kitob mukammal boʻlishini kutmasdan, uni nashriyotga yuborib, darhol keyingisini boshlash kerak deb hisoblaydi muallif.
Siz ijodiy, ilmiy faoliyatda qanday tartibga amal qilasiz?
🔥 – ketma-ketlikka amal qilaman
😎 – tanaffuslar bilan ishlayman
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #4910
1.07K
- 🔥 19
- 😎 3
- ✍ 2