TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4911 1.7K
Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak

Filologiya fanlari doktori Bahodir Karim Oyina.uz portalidagi maqolasida til xalqning maʼnaviy qiyofasi va mavjudligi koʻzgusi ekanini tahlil qildi. Olimning yozishicha, inson nutqi uning ichki olami, dunyoqarashi va vijdoni bilan bevosita bogʻliq.

Odamlar muloqot chogʻida axborot almashish bilan birga bir-birining ruhiy tabiatiga ham baho beradi. Shu sababli jahon filologiya markazlarida psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi sohalar chuqur oʻrganilyapti.

Maqolada maʼrifatparvar Abdurauf Fitratning oʻzbek tilini “dunyoning eng boy, eng baxtsiz” tili deb baholagani eslanadi. XX asrda tilimiz bu maqomdan uzoq vaqt qutula olmagan edi. Davlat tili maqomi berilishi va mustaqillik sharofati bilan oʻzbek tili oʻz tabiiy oʻzaniga qaytdi deb hisoblaydi olim.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 11
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  2. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  3. Sep 29, 2026Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato? Adabiy agent Jessika…
  4. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  5. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  6. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →