Ustoz – usta degani
Ustoz soʻzi tilimizga forschadan oʻtgan. U usta soʻzi bilan oʻzakdosh. Asliyatda muallim, usta maʼnolari ishlatiladigan bu soʻz oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Kasb, hunar, ilm va shu kabilarni oʻrgatuvchi; oʻqituvchi, muallim.
Ustozidan saboq olgan, auditoriyalarda boʻladigan bahslar va jiddiy mashgʻulotlarda qatnashgan talaba boʻshagan zahoti ikkinchi uyi – yotoqxonaga shoshiladi.
Gazetadan.
2️⃣ Yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy; rahnamo, oʻqituvchi, muallim.
Shunday qilib, kitobni koʻtarib, ming istihola bilan ustoz Mirtemirga yaqinlashdim.
Gazetadan.
Bu soʻz ustod shaklida ham qoʻllanadi, lekin bu shakl hozir eskirgan.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2375
7.35K

- 👍 29
- 🔥 1