TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1319 2.51K
Boyaqish va boyoqish

Koʻpchiligimiz boyaqish shaklini qoʻllaymiz va shu sababli ana shu variant toʻgʻri deb oʻylaymiz. Aslida toʻgʻrisi – boyoqish.
Boyoqish soʻzi achinish uygʻotuvchi holatli, bechora, shoʻrlik maʼnolarini anglatadi.

– Otang boyoqish charchab, boʻlganicha boʻldi, – dedi ona.
P. Tursun, Oʻqituvchi.

Boyoqish koʻp yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Boyaqish soʻzini taniqli adiblar ham ishlatgan, u izohli lugʻatga ham kirgan. Lekin soʻzning izohida uning toʻgʻri varianti boyoqish ekani koʻrsatib oʻtilgan. Imlo lugʻatidan esa boyaqishga joy topilmagan. Shularga asoslanib, hozircha soʻzning boyoqish variantigina toʻgʻri deya olamiz.

Men boyaqishni ham boyoqish soʻzining variantdoshi sifatida lugʻatlarga kiritish, uni ham toʻgʻri deb hisoblash tarafdoriman. Bir soʻzning turli talaffuz variantlari lugʻatlardan joy olgani tajribada bor holat.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →