TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #423 2.57K
“Duvarak” nima degani?

Bu soʻz asli forscha boʻlib, ikkinchi marta, ikkilamchi degan maʼnolarga ega. Ogʻzaki tilda bu soʻzni kichik, mayda maʼnosida ham ishlatamiz. “Izohli lugʻat”da duvarak quyidagicha izohlangan:

1. Mevali daraxtning bir yilda ikkinchi bor bergan mevasi.

Duvarak olma. Olmaning duvaragi.

Bir yillik novdalarda yetilayotgan uzum boshlari bilan bir qatorda bachki novdalarda duvarak paydo boʻlishi mumkin.
“Fan va turmush”.

Baʼzi shoxlarda bultur chala terilgan mevalar – duvarak olxoʻrini eslatuvchi zaytunlar qurishib yotardi.
H. Gʻulom, Zamin yulduzlari.

2. Koʻchma maʼnoda: boʻyi past, pachoq (odam haqida).

Duvarak odamlar.

Yoʻldosh pochtachining duvarak qizicha ham boʻlolmaysan, sendan yosh, lekin oʻn hissa koʻp ishlaydi.
“Yoshlik”.

3. Koʻchma maʼnoda: xom, gʻoʻr; tajribasiz.

Kelganiga bir yil, yarim yil boʻlib qolganlar bor... duvarak boʻlsa ham, pulni puflab tugadiganlar – bularni oz-moz pul bilan ragʻbatlantirish mumkin.
A. Muxtor, Tugʻilish.

4. Umuman, har narsaning kichkinasi, yetilmagani.

Poyezd meni kichkinagina, nomi hali temir yoʻl xaritalariga kirmagan duvarak bir razyezdga tashlab oʻtib ketdi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar.

– Avrab ham boʻlmaydi bu duvaraklarni, – arz qildi Ubayda xola xit boʻlib.
SH. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →