TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3853 8.68K
​​Sinov darvozasi

Qadim zamonda bir podsho vazirlikka munosib kishi qidira boshladi. Eng yaxshi nomzodni tanlash uchun bir sinov oʻylab topdi. Saltanatidagi eng katta darvozani qalʼaga keltirishlarini buyurdi. Bu ulkan temir eshikni koʻrganlar hayratdan yoqa ushladi.

Saroy aʼyonlari, turli amaldorlar, donishmandlar yigʻilgan majlisda podsho shunday dedi:

– Katta darvozani koʻrgan boʻlsalaring kerak. Uni bekorga olib kelmadim. Uning eshigini ocha bilgan kishini vazir lavozimiga tayinlayman.

Aʼyonlar darvozaga yaqin ham bormadi. Shuncha odamning oldida sharmanda boʻlishni oʻzlariga ep koʻrmay, bu yogʻi nima boʻlar ekan deb kuzata boshlashdi. Donoligi bilan nom qozongan baʼzi bir kishilar darvozani bir qur aylanib koʻrdilar-u, ammo eshikni ochishga harakat qilmadilar. Koʻpchilikning hafsalasi pir boʻldi: donishmandlar voz kechgan ishga urinishdan ne naf!

Biroq shu payt bir yasovul podshodan izn soʻradi. Ruxsat olgach, dadil borib dastani tortdi: eshik osongina ochildi. Darvoza hatto qulflanmagan ham ekan. Shunchaki oʻz holicha yopib qoʻyilgan ekan.

Yasovul oʻziga ishonchi, dadilligi tufayli yuksak martabaga erishdi.

Hayotda aynan shunday vaziyat uchrashi amrimahol boʻlsa-da, shunga oʻxshash holatlarga tez-tez duch kelib turamiz. Tavakkalchilik, ikkilanmay olgʻa qadam tashlash bizga muvaffaqiyat keltirsa, jurʼatsizlig-u qatʼiyatsizlik afsus va attanglarga sabab boʻladi.


👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 70
  • 🔥 6
  • 😎 1
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →