TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1237 3.73K
Poshsho, poshsha va posho

Bu uch soʻz bir-biriga talaffuz jihatidan yaqin, lekin maʼnolari farqlanadi.

Poshsho soʻzi podshoh soʻzining soʻzlashuv tilidagi variantidir: podshoh – podsho – poshsho. Baʼzi Sharq mamlakatlarida mutlaq hokimlik qiluvchi hukmron unvoni va shunday unvonga ega shaxs, yaʼni shoh podshoh deb ataladi.

Podshoh soʻzi qadimgi fors tilida pod – hukmdor, shoh – ulugʻ, buyuk, yaʼni ulugʻ hukmdor maʼnosini anglatadi.

Podshohlar hozir ham bor. Masalan, Saudiya Arabistonida davlat rahbari podshohdir.

Poshsha xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni ifodalaydi. Bu soʻz katta ehtimol bilan podshoh soʻzining oʻzgargan shakli. Ayollarga, jumladan, kelinlarga ayricha hurmatni ifodalash, podshohlarga koʻrsatiladigan izzat-ehtiromga siz ham loyiqsiz degan maʼnoni berish uchun shu soʻz tanlangan boʻlishi mumkin. Tilimizda poshsha tarkibli kelinposhsha, qizposhsha kabi soʻzlar ham uchraydi.

Posho esa Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon.

Posho soʻzi rus olimlari fikricha, podshoh soʻzining oʻzgargan koʻrinishi. Biroq turk olimlari bu fikrga qoʻshilmaydi: posho eski turkiy tilda oʻgʻil farzand maʼnosini anglatgan basha soʻzidan yoki bosh ogʻa soʻzidan hosil boʻlgan. Bir variantga koʻra, bosh soʻziga -a (oʻzbekchasi -da) qoʻshimchasi qoʻshilgan va eng yuqoridagi kishi, boshida turuvchi odam maʼnosidagi soʻz yasalgan.

Posho soʻzini oʻzbekchada poshsho shaklida yozish ham uchraydi. Menimcha, uni bu shaklda yozish toʻgʻri emas. Maʼno-mazmunni farqlash uchun ham posho variantini ishlatgan afzal.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Saudiya Arabistoni: qirollikmi yoki podshohlik? Saudiya Arabistonining nomini yanglish ishlatish koʻp uchraydi. Rasmiy hujjatlar, turli nashrlar sahifalarida Saudiya Arabistoni Qirolligi birikmasiga koʻzingiz tushadi. Oʻzim ham bir tarjimada qirollik deb…
  • 👍 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →