TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3840 6.37K
​​Poldagi pul

Ikki yuzga yaqin kishi yigʻilgan zalda mashhur psixolog mashgʻulot oʻtardi. U 50 dollar pulni koʻrsatib: “Kim buni olishni xohlaydi?” deb soʻradi. Tabiiyki, hamma qoʻlini koʻtardi.

“Buni egasiga berishdan oldin bir ish qilaman”, dedi psixolog, soʻng pulni gʻijimlab-gʻijimlab tashladi. Shundan keyin “Bu pulni olishni istaganlar bormi?” deb yana soʻradi. Yana yigʻilganlarning bari qoʻlini koʻtardi.

“Unday boʻlsa, – dedi psixolog, – boshqacha yoʻl tutamiz”. U pulni polga tashlab, oyoq kiyimi bilan ezgʻiladi. Soʻng ifloslangan pulni tinglovchilarga koʻrsatdi: “Uni shu holatda ham olishni istaganlar bormi?” Bu safar ham qatordan xato boʻlmadi.

“Qadrdli doʻstlar, – deb soʻzida davom etdi psixolog. – Bu tajribada hammamiz uchun katta saboq bor. Men pulni qay ahvolga solmay, hammalaring uni olishni istadilaring. Chunki u oʻz qimmatini yoʻqotmagan edi. U haliyam 50 dollar edi.

Biz hayotda oʻzimizni tez-tez egardan tushgan, nazardan qolgan, oyoq ostida yotgan yo polda ezilgan holatda sezamiz. Bunday vaziyatlarda birovga keragimiz yoʻqday tuyuladi. Biroq nima boʻlganidan va boʻlishidan qatʼi nazar, biz oʻzimizning asl qadr-qimmatimizni yoʻqotmaymiz. Bizni sevganlar uchun hamisha qadrimiz yuksak boʻladi. Shuning uchun yaqinlarimizga, atrofdagilarga tamasiz, samimiy mehr koʻrsataylik, yordamimizni ayamaylik. Bu munosabat oʻzimizga ham albatta qaytadi”.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 52
  • 💯 11
  • 😢 4
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →