TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1985 31.6K
Albatta: vergul kerakmi yoki yoʻq?

#Soʻragan_edingiz

Vergul ishlatish qoidalarida modal soʻzlar koʻpincha kirish soʻz boʻlib kelishi va shu sabab vergul talab qilishi haqida aytilgan edi. Albatta soʻzi ham modal soʻzlardan. U baʼzida vergulga ehtiyoj sezadi, baʼzida esa yoʻq.

🟢 Qachon vergul kerak?

Albatta kirish soʻz boʻlib kelsa. Bunda u soʻzlovchining munosabatini bildiradi va shubhasiz, turgan gap, tabiiy, boʻlmasa-chi soʻzlariga maʼnodosh boʻlib keladi:

Men, albatta, koʻzingizning oq-u qorasi boʻlgan yolgʻiz qizingizni yaramas, boʻlmagʻur kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman.
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

🟢 Qachon vergul kerak emas?

Soʻz fikrning yoki ish-harakatning qatʼiyligini, muqarrarligini, shubhasiz ekanini bildirsa. Koʻpchilik ana shu holatda ham vergul ishlatadi. Hatto kitoblarda, qoʻllanmalarda, izohli lugʻatdagi misollarda ham bunga guvoh boʻlish mumkin. Nega vergul kerak emas? Vergul qoʻyish soʻzda qatʼiylik, muqarrarlik maʼnosini yoʻqqa chiqaradi.

Solishtiramiz:

Men bu ishni albatta bajaraman.
👉 Bunda ish-harakatni bajarish qarori qatʼiy, aniq.

Men bu ishni, albatta, bajaraman.
👉 Bunda soʻzlovchi oʻz fikriga munosabat bildiryapti. Birinchi jumladagi kabi qatʼiyat yoʻq. Vergul bilan berish ham xato emas. Lekin bu oʻrinda albatta kirish soʻzga aylanyapti va muqarrarlik maʼnosini yoʻqotyapti.

Boshqa misol:

Toʻyga albatta bor!
👉 Toʻyga bormasang boʻlmaydi, borishing shart.

Toʻyga, albatta, bor.
👉 Toʻyga borsang ham boʻladi. Juda shart emas. Tavsiya xarakterida.

Xullas, qaysi maʼnoni ifodalash maqsad qilingan boʻlsa, vergulni shunga koʻra ishlatish kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 43
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →