TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3776 6.5K
Orif Tolib Uslubiy xatolar Uslubiy xatolar matn uslubiga xos jihatlar va kommunikativ moslik prinsiplarining buzilishidir. Bunday xatolarga tavtologiya, pleonazm, soʻz takrori, nutq shtamplari, adabiy tilga xos boʻlmagan soʻzlarni oʻrinsiz qoʻllash kabilar kiradi. …
Pleonazm

2️⃣ Pleonazm – maʼno takrori yoki maʼno ortiqchaligidir.

Baxillik – yomon illat.

Bu turdagi xatolar juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, kitob va qoʻllanmalarda ham bot-bot koʻzga tashlanadi. Bunday birikma va jumlalarning muharrir nigohidan oʻtib ketishiga uning xato ekanini bilmaslik sabab boʻladi. Yuqoridagi jumla mazmuniga eʼtibor qarataylik. Illatning yaxshisi boʻladimi? Yoʻq, albatta. Uning har qanday koʻrinishi yomon.

Kasallik, ayb, jinoyat kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz koʻchma maʼnoda meʼyoriylikni buzuvchi salbiy narsa, qusur, kamchilik mazmunini tashiydi. Demak, oʻzi salbiylik maʼno qirrasiga ega soʻzga yana xuddi shu maʼnodagi soʻzni tirkash oʻrinsiz.

Biror illat ajratib koʻrsatilgandagina yomon soʻzidan foydalanish mumkin:

Baxillik – eng yomon illat.

Birinchi misoldagi jumlani esa quyidagicha tahrirlash zarur:

Baxillik – illat.

Ezgu fazilat, narvondan yuqoriga koʻtarildi, gapini qayta takrorladi, noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi, ortga chekindi, bugungi kunda, ertalabki nonushta kabi soʻz va iboralarda maʼnodagi ortiqchalik – pleonazm bor.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 59
  • 🔥 5
  • 🤨 2
  • 😎 2
More from @oriftolib
  1. Oct 15, 2026Dushga boshliq boʻlmang Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha прин…
  2. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  3. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
  4. Oct 15, 2026“Yanada toʻliq” nima degani? Rasmiy xabarlarda yanada toʻliq taʼminlash degan yangi ibora…
  5. Oct 14, 2026😀😀😀😀😀😀😀😀😀 ⚡️Rasman: Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan qishki milliy…
  6. Oct 12, 2026Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? Shu mavzudagi darsimiz YouTubeʼga joyland…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →