TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2830 7.56K
​​Ortiqcha soʻz odamga ham yuk: tildagi oʻrinsiz soʻz va iboralar

Ezma odam hech kimga yoqmaydi. Ortiqcha tafsilot kishining badiga uradi. Afsuski, baʼzan bilib-bilmay ortiqcha soʻz ishlatishga, oʻzimizning ham, boshqalarning ham vaqtini isrof qilishga yoʻl qoʻyamiz. Aytayotgan, yozayotganlarimizga teranroq nazar tashlasak, xatolarimiz oydinlasha boradi.

Ortiqcha soʻz va iboralarni qoʻllash tarjima matnlarda ham koʻp uchraydi. Asliyat taʼsiriga tushib qolgan tarjimon gap tuzilishi, ifoda tarzi, hatto iboralardagi soʻzlar ketma-ketligida ham taqlid qila boshlaydi. Soʻnggi paytlarda texnologiyalarning rivojlanishi uquvsiz, tajribasiz kishilarning ham tarjima bilan shugʻullanishiga sharoit yaratdi. Asliyatdan yiroq, maʼno-mazmun yoʻqolgan, qiyofasidan Google Translate manaman deb koʻrinib turadigan oʻgirmalar koʻpaydi.

“Guliston” jurnalining 2023 yil 1-sonida tilimizda bot-bot uchrab turadigan, ortiqcha tafsiloti, keraksiz soʻzi bilan tilimizga oʻrnashib olgan iboralar haqidagi maqolam chop etildi.

❇️ Yomon illat
❇️ Ezgu fazilat
❇️ Narvondan yuqoriga koʻtarildi
❇️ U gapini qayta takrorladi
❇️ Noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi
❇️ Ortga chekindi: oldga chekinish mumkinmi?
❇️ Oʻz, oʻz, oʻz...
❇️ Bugungi kunda
❇️ Ertalabki nonushta

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 64
  • 😁 14
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →