TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4944 1.7K
Dushga boshliq boʻlmang

Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha принять душ atamasining soʻzma-soʻz tarjimasi, yaʼni kalka.

Oʻzbek tilida qabul qilmoq huzuriga kelganni kutib olishdir: hokim fuqarolarni, shifokor bemorlarni qabul qiladi. Dushning esa qabul kunlari yoʻq, bizning qabulimizni kutib turgani ham yoʻq. Aksincha, biz uning ostiga oʻzimiz boramiz.

Tabiiy ifoda:

✅ dushga tushdim, dush qildim, dushda choʻmildim, dushda yuvindim

❌ dush qabul qildim

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 49
  • ⚡ 17
  • ✍ 8
  • 🤔 2
  • 😎 1
More from @oriftolib
  1. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  2. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
  3. Oct 15, 2026“Yanada toʻliq” nima degani? Rasmiy xabarlarda yanada toʻliq taʼminlash degan yangi ibora…
  4. Oct 14, 2026😀😀😀😀😀😀😀😀😀 ⚡️Rasman: Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan qishki milliy…
  5. Oct 12, 2026Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? Shu mavzudagi darsimiz YouTubeʼga joyland…
  6. Oct 11, 2026Millioner yozuvchilar ko‘p bo'lsin! "Mutolaa" loyihasi bosh muharriri Sa’dullo Quronovning…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →